Italiyaning avtonom hududi bo‘lmish Sitsiliyaning Salemi shahrida 30 dan ortiq uy gamburger narxida — atigi bir yevroga sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sotuvga ta’mirga muhtoj binolar qo‘yiladi, ularning ayrimlarida Sitsiliyada dahshatli zilzila sodir bo‘lgan 1968-yildan beri odamlar yashamaydi.
“Barcha uylar shahar kengashiga tegishli bo‘lib, bu sotuvni tezlashtiradi va byurokratiyani kamaytiradi. Uylar sotuvga qo‘yilishidan oldin Salemining ushbu hududlarini tikladik, infratuzilma, yo‘llar, elektr tarmoqlari va kanalizatsiyani modernizatsiya qildik”, — degan shahar meri Domeniko Venuti.
Shaharda, shuningdek, kafe va restoranlar, Normand qal’asi va muzeylar bor. Rasmiylar ushbu omillar potensial xaridorlarga Salemini tanlashda yordam berishiga umid qilmoqda.
Biroq kelajakda uy egalari bino ta’mirlanguniga qadar har yili 250 yevro miqdorida bino sug‘urtasini to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Izoh (0)