“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
13:22, 28.10.2020 12386

Tovuq qanotlarini pishloq va non ushog‘i qo‘shib pishiramiz

Tovuq qanotlarini sarimsoqli sous qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Foto: Webnode

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • tovuq qanotlari — 1kg;
  • non ushog‘i — 3-4 bo‘lak;
  • sariyog‘ — 150 gr;
  • zanjabil — 3-4 sm;
  • pishloq — 70 gr;
  • ta’bga ko‘ra tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Zanjabilni qirg‘ichdan chiqarib oling.
  • Sariyog‘ni eriting va qirg‘ichdan chiqarilgan zanjabilni qo‘shib aralashtiring.
  • Non urvoqlariga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni qo‘shing.
  • Tovuq qanotlarini birinchi sariyog‘li aralashma, keyin esa pishloqli talqonga bulab oling.
  • Patnisga qandolat qog‘ozi soling, ustiga qanotchalarni terib chiqing.
  • 180 daraja qizigan pechda 20 daqiqa davomida pishirib oling.
  • 20 daqiqadan keyin boshqa tarafini o‘girib, tuz seping va 20 daqiqaga qo‘ying.
  • Garnir sifatida sabzavotlardan foydalaning.

Yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ