• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12758.36
    • RUB163.34
    • EUR14820.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parkentdagi “kichkina Sardoba” yuz bergan hududga mahalliy ma’muriyat tomonidan yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi

    2020-yilning 20-oktabr kuni Parkent tumani “Aviasozlar” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududidagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan suv yig‘ish rezervuarining yorilishi oqibatida suv toshqini sodir bo‘lgandi. Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati Parkentdagi hodisa yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Qayd etilishicha, shirkat 629 ta dala hovliga xizmat ko‘rsatadi. Shirkat hududidagi 1977-yilda qurilgan suv yig‘ish rezervuari (2000 metr kub sig‘imga ega) ko‘p yillardan beri foydalanilganligi bois ta’mirtalab holatga kelgan, avariya holati temir konstruksiyalarining mustahkamlik darajasi yo‘qolganligi tufayli ro‘y bergan.

    Oqibatda 17 ta dala hovliga suv kirgan. Xususan, rezervuar yaqinida joylashgan 7 ta dala hovliga jiddiy zarar yetgan.

    Jumladan, toshqin Rahmatullayeva Gulnora, Mirzeva Irina, Dobroyenka Kira, Shironova Yevgeniya, Maxsumov Dovudxon, Abdullayeva Marhamat va Ashurova Bumayramga tegishli dala hovlilarning asosiy binolariga jiddiy ziyon keltirgan. Uyning yashash xonalari, oshxona, hammom, hojatxona va bostirmasi tiklab bo‘lmaydigan darajaga kelgan.

    “Bugungi kunda Parkent tumani hokimligi tomonidan tezkor choralar ko‘rilmoqda. Shirkat rahbari Ulug‘bek Abdullayev tomonidan zarar ko‘rgan 7 ta dala hovlini tiklash ishlariga kirishilgan.

    Parkent tumani hokimligi tashabbusi bilan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, korxona va tashkilotlar rahbarlaridan iborat komissiya tuzildi.

    Komissiyaga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, moliya bo‘limi, tuman bosh me’mori, yer resurslari va ko‘chmas mulk kadastri, bandlikka ko‘maklashish markazi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi mutasaddilari kirgan bo‘lib, ular shirkat rahbari va shirkat a’zolari bilan ko‘rilgan zarar miqdorini aniqlashadi. Albatta, zarar ko‘rgan dala hovlilarning bino va inshootlarini ta’mirlash choralari ko‘riladi”, – deyiladi xabarda.

    Hokimlik xabariga ko‘ra, tuman elektr tarmoqlari, gaz ta’minoti, “Suvoqova” filiali korxonalari tomonidan sohalar bo‘yicha ta’minot tizimlarining holati o‘rganilib, zarar ko‘rgan dala hovlilarda kommunal tarmoqlarni tiklash-ta’mirlash ishlarga kirishilgan.

    Shuningdek, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari tomonidan aholi orasida turli xil kasalliklar kelib chiqmasligi uchun profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: Parkentdagi falokatda uylari vayron bo‘lgan aholi: “Bu yerda kichkina Sardoba bo‘ldi”

    Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 20-oktabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumani “Aviasozlar” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati (BUSh)da sig‘imi 2 ming metr kub bo‘lgan sisterna yorilganini ma’lum qilgan. Keyinchalik FVV matbuot xizmati Parkent tumanida yuz bergan hodisa favqulodda vaziyat hisoblanishi, sisterna yorilishi oqibatlarini bartaraf etishga vazirlik kuch va vositalari jalb etilgani, suv haydab chiqarilgani, hududlar chiqindidan tozalangani, shuningdek, qayta tiklash ishlari amalga oshirilayotganini bildirgandi.

    28.10.2020, 11:26   Izoh (0)   15707
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Samarqandda virus tarqalishi o‘z cho‘qqisidan o‘tdi” — Viloyat taqsimlash markazi bosh shifokori

    28.10.2020, 11:10

    “Shu qishloqqa filial kerakmi yoki yo‘qmi degan savolga javob topaylik”. Zoir Mirzayev viloyatdagi barcha maktab filiallari o‘rganilishini ma’lum qildi

    28.10.2020, 10:21

    Andijonlik ota farzandlariga aliment pullari o‘rniga uy sovg‘a qildi

    28.10.2020, 09:58

    Singapur kompaniyasi Toshkent viloyatida Nurafshon City quradi

    28.10.2020, 09:35

    Toshkent davlat yuridik universitetining xorijdagi ilk fakulteti ochildi

    28.10.2020, 09:11

    Angren shakar zavodida 150 nafar xodim ishdan bo‘shatilgani ma’lum qilindi. Ularning soni yana ortishi mumkin

    28.10.2020, 08:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Pensiya jamg‘armasi va G‘aznachilik bo‘limlari tugatiladi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 22:08

    Birjada Ai-80 benzini narxi rekord darajada qimmatlashdi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 21:52

    O‘zbekistonliklar 5 oyda eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qildi?

    O‘zbekiston | 16 iyul, 20:25

    Livan Markaziy banki “Hizbulloh”ga aloqador moliyaviy tashkilot bilan aloqalarni taqiqladi

    Dunyo | 16 iyul, 20:07

    Google rentgen va tomografiyani analiz qiladigan sun’iy intellekt taqdim etdi

    Dunyo | 16 iyul, 19:57

    “Barselona” futbolchisiga “yog‘li” taklif tushdi

    Sport | 16 iyul, 19:13

    Britaniyada “Robin Gud” daraxtini kesib tashlagan erkaklar to‘rt yilga qamaldi

    Dunyo | 16 iyul, 18:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.