• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abxaziyada qolib ketgan vatandoshlar 28 va 30-oktabr kunlari charter reyslarda O‘zbekistonga qaytariladi

    Pandemiya tufayli 28-oktabrdan Abxaziyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish boshlanadi. Bu haqda O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsuli Rustam Kurganbayevga tayanib, “Kun.uz” xabar qilmoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Rossiya orqali Abxaziyaga ishlashga borgan, pandemiya tufayli ushbu hududda qolib ketgan o‘zbekistonliklar Tashqi ishlar vazirligining bayonotiga ishonib, 15-oktabrdan boshlab Abxaziya–Rossiya chegarasida to‘plana boshlagan, ularning yuzga yaqini ortga qaytishni istamay, chegara-nazorat punkti atrofida tunayotgan edi.

    Tashqi ishlar vazirligining 30-sentabr kungi bayonotida 400 ga yaqin o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi oktabr boshida vatanga qaytarilishi aytilgandi. O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsulligi bosh konsuli Rustam Kurganbayev ushbu jarayonning cho‘zilib ketganini charter reyslar bilan olib kelinadiganlar ro‘yxatini tuzishga ko‘p vaqt ketib qolgani, qolaversa, Rossiya Maxsus komissiyasidan O‘zbekiston fuqarolarining Sochi orqali olib chiqib ketilishiga ruxsat olish kechikkani bilan izohlagandi.

    Rustam Kurganbayevning xabar berishicha, 23-oktabr kuni Moskvada Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Tatyana Golikova rahbarligida bo‘lib o‘tgan Maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida Abxaziyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni Rossiya orqali O‘zbekistonga qaytarishga ruxsat berilgan.

    “26-oktabr kuni ertalab fuqarolarimizning Abxaziya chegarasidan Rossiya hududiga o‘tishlariga va shu yerdan O‘zbekistonga charter reys bilan uchib ketishlariga ruxsat berilgani haqida Moskvadan xabar oldik. Bu xabarni o‘sha zahoti biz bilan aloqada bo‘lib turgan insonlar orqali Abxaziyadagi vatandoshlarimizga yetkazdim.

    Uzbekistan Airways kompaniyasining ikkita samolyoti 28-oktabr kuni yetib keladi. Shu kunning o‘zida 300 kishini O‘zbekistonga olib ketadi. O‘zim ham Sochi shahriga uchib ketyapman. Abxaziya–Rossiya chegarasiga yetib borib, fuqarolarimizni chegaradan olib o‘tish va samolyotlarga yetkazib qo‘yish ishlariga shaxsan bosh-qosh bo‘laman. O‘zbekistonliklar chegaradan to aeroportgacha bepul avtobuslarda yetkazib qo‘yiladi”, – deydi Rustam Kurganbayev.

    Ayni paytda Abxaziya–Rossiya chegarasida turgan surxondaryolik Rinat Yusupov nashr bilan suhbatda bosh konsulning so‘zlarini tasdiqladi. Uning aytishicha, Abxaziyadagi vatandoshlar O‘zbekistonga uchta samolyotda olib ketilishi rejalashtirilmoqda.

    “Bosh konsulxona tomonidan Maxsus komissiyaga taqdim etilgan ro‘yxatga kiritilgan o‘zbekistonliklarning 1 va 2-guruhlari 28-oktabr kuni uchib ketishi kutilmoqda. Ikkita samolyotda jami 290 kishi ucharkan. Hammasi ekonom klass. Aviachipta narxi qancha bo‘lishini hozircha bilmaymiz, 30 ming rubl atrofida bo‘lishi aytilgan. Aviachiptani aeroport kassasidan, samolyotga chiqishimizdan oldinroq sotib olar ekanmiz.

    Uchinchi samolyot 30-oktabr kuniga qo‘yilarkan. Unda ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarning uchinchi guruhi olib ketiladi. Ro‘yxatga kirmaganlar qachon, qay tarzda olib ketilishini bilmayman, buni bosh konsulxonadagilardan so‘ragan ma’qul. Yurtdoshlarimiz shuncha vaqtdan berib qotib qolgan ishlar siljiganidan, yurtga qaytish jarayoni boshlanganidan juda xursand”, – deydi Rinat Yusupov.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Rostov-Dondagi bosh konsulligi rahbari Rustam Kurganbayev avvalroq nashrga bergan intervyusida ro‘yxatga kiritilgan barcha erkak-ayollar Abxaziyadan olib chiqib ketilishi, hech kim tashlab qo‘yilmasligini ta’kidlagan, ro‘yxatga kirmagan, hozircha Abxaziyada qolayotgan o‘zbekistonliklarni ham vatanga qaytarish choralarini ko‘rilishini aytgan edi.

    Bosh konsul, shuningdek, Astraxanda 500, Janubiy Osetiyada 100 nafar O‘zbekiston fuqarosi qolib ketgani, ayni paytda ularni vatanga qaytarish uchun ro‘yxat shakllantirilayotganini ma’lum qilgandi.

    Yusupovning qo‘shimcha qilishicha, Abxaziya–Rossiya chegara-nazorat punkti atrofida tunab yurgan, vatanga qaytishni kutayotgan ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etgan. 22-oktabr kuni qazo qilgan samarqandlik ayol oila a’zolarining xohishiga ko‘ra shu yerga dafn etilgan bo‘lsa, 25-oktabr kuni olamdan o‘tgan surxondaryolik 33 yashar yigitning jasadi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yordamida O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda.

    Rustam Kurganbayevning aytishicha, bu boradagi barcha xarajatlar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

    Mavzuga doir: Rossiyadan yana 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik maxsus poyezdlarda vatanga qaytariladi

    28.10.2020, 11:58   Izoh (0)   8783
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda “Jiguli” eshak aravani urib yuborishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    28.10.2020, 11:34

    Parkentdagi “kichkina Sardoba” yuz bergan hududga mahalliy ma’muriyat tomonidan yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilindi

    28.10.2020, 11:26

    “Samarqandda virus tarqalishi o‘z cho‘qqisidan o‘tdi” — Viloyat taqsimlash markazi bosh shifokori

    28.10.2020, 11:10

    “Shu qishloqqa filial kerakmi yoki yo‘qmi degan savolga javob topaylik”. Zoir Mirzayev viloyatdagi barcha maktab filiallari o‘rganilishini ma’lum qildi

    28.10.2020, 10:21

    Andijonlik ota farzandlariga aliment pullari o‘rniga uy sovg‘a qildi

    28.10.2020, 09:58

    Singapur kompaniyasi Toshkent viloyatida Nurafshon City quradi

    28.10.2020, 09:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.