• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yuzlab o‘zbekistonliklar Abxaziya chegarasida tunamoqda. O‘zbekiston TIV oktabr boshida ular vatanga qaytarilishini aytgandi (video)

    Tashqi ishlar vazirligi pandemiya sababli Abxaziyada qolib ketgan 400 ga yaqin vatandoshlarning birinchi guruhi oktabr boshida O‘zbekistonga qaytarilishi haqida bayonot bergan edi. “Kun.uz” nashri oktabr oyining 19-kuni ortda qolgan bo‘lsa-da, ushbu va’da bajarilmayotganini to‘g‘risidagi o‘zbekistonliklar murojaati bilan bo‘lishdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Surxondaryolik Renat Yusupovning xabar berishicha, Abxaziyada ayni paytda ikki mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi mavjud. Ular bu yerga Rossiya orqali ishlashga kelishgan. Pandemiya tufayli chegaralar yopilgach, O‘zbekiston fuqarolari shu yerda qolib ketishgan va umid bilan karantin cheklovlari bekor qilinishini kutishgan.

    O‘zbekiston Abxaziyani mustaqil davlat sifatida tan olmagan, shu bois bu yerda O‘zbekiston elchixonasi yo‘q. Abxaziya hududida qolib ketgan vatandoshlar Rostov va Moskva shahridagi elchixonalarga murojaat qilgan.

    “Bir necha oy davomida qilingan murojaatlarimizga tayinli javob bo‘lmadi. Elchixonadagilar bizni rosa sansolar qilishdi. Biz boshqa davlatlarda qolib ketganlar singari to‘polon qilmadik, ketishimizni sabr bilan kutdik. Davlat bizni bepul olib ketsin demayapmiz, charter reys uchun qo‘limizda pulimiz bor. Faqat Abxaziyadan Rossiya hududiga o‘tib olsak bo‘ldi.

    Qayta-qayta qilgan murojaatlarimizdan so‘nggina Tashqi ishlar vazirligi oktabr oyining boshida Abxaziyadagi fuqarolarning 400 nafari O‘zbekistonga olib kelinishini, qolganlar chegaralar ochilguncha shu yerda qolishini ma’lum qilgandi.

    Eng avval og‘ir ahvoldagilar – qariyalar, bemorlar, ayollar va bolalar olib ketilsin – rozimiz. Biroq oktabr oyining ikkinchi o‘n kunligi yakunlanayotgan bo‘lsa hamki, bayonotda keltirilgan va’da bajarilmayapti, dodimizni kimga aytishni bilmayapmiz”, – deydi farg‘onalik Xosiyatxon Otaqo‘ziyeva.

    Abxaziyada qolayotgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytishi uchun Rossiya hududiga o‘tishlari kerak. Biroq ayni paytda Rossiya o‘zining hamda Abxaziya fuqarolarigagina davlat chegarasini kesib o‘tishga ruxsat bermoqda. Boshqa davlat fuqarolari, jumladan, o‘zbekistonliklarning Rossiya chegarasini tranzit maqsadida kesib o‘tishga ruxsat berilmayapti.

    Surxondaryolik Renat Yusupovning ta’kidlashicha, Abxaziyada qolib ketganlar orasida Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston fuqarolari ham bo‘lgan. Biroq ushbu davlatlarning elchixonalari allaqachon o‘z fuqarolarini olib ketgan, o‘zbekistonliklar esa hamon arosatda qolmoqda.

    “Rossiya hududiga o‘tishimiz faqatgina Moskvadagi elchixona xodimlariga bog‘liq ekan. Elchixonadagilar qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘yishdi. Murojaatlarni qabul qilish uchun tashkil etilgan Telegram-botlari ham ishlamayapti yoki yozgan murojaatlarimizga e’tibor berishmayapti. Sababini bilmaymiz.

    Abxaziya chegara va bojxona xizmatidagilar Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasiga qo‘ng‘iroq qilishganda ularning qo‘ng‘iroqlariga ham javob bo‘lmayotganini aytishmoqda. Sizlarni chegaradan o‘tkazib yuborishimiz elchixonalaringizga bog‘liq, biz chegara hududida to‘planayotgan yuzlab o‘zbekistonliklarni ushlab turishdan manfaatdor emasmiz, deb aytishmoqda.

    Aytishlaricha, Sochidagi chegara punktiga Rossiya hududiga o‘tishi kerak bo‘lgan birinchi guruhning ro‘yxati yetib kelgan. O‘zbekistonga qaytish istagidagilar ko‘p bo‘lgani uchun ro‘yxat qayta-qayta tuzilgan. Biroq Rossiya tomonidan ruxsat berilmayotgani, bu masalani diplomatik yo‘l bilan hal qilishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston idoralarning vazifalarini lozim darajada bajarmayotgani ortidan to‘rt kundirki, yuzlab O‘zbekiston fuqarolari chegara posti yonida ko‘cha-ko‘yda uxlashga majbur bo‘lishmoqda”, – deydi Renat Yusupov.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Oktabr boshida vatanga qaytib ketishlari va’da qilingan o‘zbekistonliklar ayni paytda Abxaziya chegarasida to‘planishmoqda. Videodan ko‘rish mumkinki, yuzlab erkak-ayol sovuq havoda ko‘cha-ko‘yda tunamoqda. Ularning orasida ayollar, bolalar, keksalar va bemorlar, homiladorlar ham bor.

    Tashqi ishlar vazirligi 30-sentabr kuni tarqatgan bayonotida O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun ularning Rossiya chegarasini kesib o‘tishlariga ruxsat olish yuzasidan Rossiya tomoniga yana bir bor tegishli murojaat yuborilgani keltirilgan. Biroq ushbu murojaatga Rossiya tomoni qanday javob bergani haqida xabar berilmagan.

    Avvalroq Rossiyaning Samara va Rostov viloyatlaridagi palata lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “O‘zbekistonning birorta fuqarosi o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligi”ni ma’lum qilgandi.

    Mavzuga doir: Rossiyadan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

    20.10.2020, 12:45   Izoh (0)   16473
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda koronavirusga chalingan tirik fuqaroning yaqinlariga uning o‘lgani haqida xabar berildi (video)

    20.10.2020, 12:25

    Surxondaryo viloyati sudyasining katta yordamchisi vafot etdi

    20.10.2020, 11:58

    Samarqandda is gazidan yosh er-xotin vafot etdi

    20.10.2020, 11:35

    Sirdaryo viloyatida yer olib berish, imtiyozli ravishda uy olib berish va ishga joylashtirish bo‘yicha firibgarlik holatlari kuzatildi

    20.10.2020, 09:58

    O‘zbekistonda 16 yoshdan mashina boshqarishga ruxsat berish taklif qilindi

    20.10.2020, 08:09

    Qashqadaryoda qator rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

    20.10.2020, 07:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.