Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Rostov-Don shahridagi bosh konsulxonasiga Abxaziya hududida bo‘lib turgan 400 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosining vatanga qaytishda ko‘mak berish to‘g‘risidagi murojaatlari kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu muammoni zudlik bilan hal etish maqsadida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish uchun ularning Rossiya chegarasini kesib o‘tishiga ruxsat olish yuzasidan yana bir bor tegishli murojaat yuborgan.

Yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladorlar, qariyalar va bolalar) iborat O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini 2020-yilning oktabr oyi boshlarida O‘zbekistonga qaytarish rejalashtirilgan.

“Qolgan fuqarolar Rossiya tomonidan davlat chegarasini tranzit maqsadida kesib o‘tishga ruxsat berilgandan keyin O‘zbekistonga qaytariladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Rossiyaning Samara va Rostov viloyatlaridagi palata lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar vatanga qaytarilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?