Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 5-turida “Jenoa” 24-oktabr, shanba kuni “Inter”ni qabul qildi.
Uchrashuv kutilganidek milanliklarning ustunligida kechdi, maydon egalari esa himoyaga e’tibor qaratgan holda, qarshi hujumlarga tayanib harakat qildi. Biroq birinchi bo‘limda “Inter” genuyaliklar darvozasi tomon yo‘l topa olmadi.
64-daqiqada Romelu Lukaku jamoasining hujumlaridan birini muvaffaqiyatli yakunladi. 79-daqiqada Danilo D`Ambrozio mehmonlarning ikkinchi golini urdi.
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov uchrashuvning 65-daqiqasida zaxiradan maydonga qo‘shildi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Inter” ochkolarini 10 taga yetkazib olgan holda 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Jenoa” esa 4 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
“Jenoa” keyingi turda “Sampdoriya”ga qarshi derbida ishtirok etadi. Antonio Konte shogirdlari esa “Parma” bilan o‘ynaydi.
A Seriya
5-tur bahslari
24-oktabr, shanba
“Atalanta” — “Sampdoriya” 1:3
Gollar: 0:1 – 13 Kualyarella, 0:2 – 59 Torsbyu, 1:2 – 80, penalti Sapata, 1:3 – 90+2 Yankto.“Jenoa” — “Inter” 0:2
Gollar: 0:1 – 64 Lukaku, 0:2 – 79 D`Ambrozio.“Jenoa”: Perin, Gilyone, Goldaniga, Sapata, Chiborra (Pellegrini, 46), Badel (Zays, 61), Behrami (Radovanovich, 61), Pyatsa (Shomurodov, 65), Rovella (Melegoni, 84), Bani, Pandev.
“Inter”: Handanovich, D`Ambrozio, Ranokkiya, Bastoni, Darmian (Kolarov, 80), Vidal (Nainggolan, 80), Perishich (Hakimi, 58), Brozovich, Eriksen (Barella, 58), Martines (Pinamonti, 72), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Martines (40), Bani (86).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)