• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Muhtaram vatandoshlar!

    Siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    1989-yil 21-oktabrda g‘oyat murakkab ijtimoiy-siyosiy sharoitda yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi milliy mustaqillik sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘lganini barchamiz yaxshi eslaymiz.

    Jamoatchiligimiz, xalqimizning xohish-istaklarini inobatga olib, o‘tgan yili ushbu tarixiy sanani O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilash to‘g‘risida qonun qabul qilganimizdan hammangiz xabardorsiz. Bugun mamlakatimizda birinchi marta keng nishonlanayotgan ana shu bayram ma’naviy hayotimizdan mustahkam va munosib o‘rin oladi, deb ishonaman.

    Hurmatli yurtdoshlar!

    Bugungi kunda biz yangi O‘zbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.

    Chunki necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol o‘tib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qayg‘urish – millatning o‘zligini anglashi, uning ma’naviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir. Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir.

    Hozirgi vaqtda yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

    Ayni vaqtda yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Turli hududlarda tashkil etilgan 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ko‘plab ta’lim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili bilan birga, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy tillarga ixtisoslashgan hamda ta’lim chet tillarda olib boriladigan ta’lim muassasalari soni oshib bormoqda.

    Bugungi kunda xorijiy davlatlardagi 65 ta oliy o‘quv yurtida o‘zbek tili va adabiyoti o‘rganilmoqda, ushbu sohada ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan chet ellik olimlar safi tobora kengaymoqda. Kuni kecha Afg‘oniston Islom Respublikasida O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari birinchi marta davlat miqyosida nishonlanganini mamlakatimiz jamoatchiligi, butun o‘zbek xalqi katta mamnuniyat va xursandchilik bilan olqishladi.

    Fursatdan foydalanib, qardosh Afg‘oniston davlati rahbariyatiga o‘zbek tiliga rasmiy til maqomini berib, unga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibor va hurmati uchun yana bir bor chin dildan minnatdorlik bildiraman. Bu ko‘hna zaminda yashayotgan barcha millatdoshlarimizni bugungi qutlug‘ bayram bilan el-yurtimiz nomidan samimiy muborakbod etaman.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Mamlakatimizda o‘zbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yana-da mustahkamlash borasida oldimizda katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi.

    Shu maqsadda “Davlat tili haqida”gi qonun loyihasining yangi tahriri hamda shu munosabat bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihalari tayyorlanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi. Xabaringiz bor, kuni kecha “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.

    Farmonga muvofiq, o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.

    Farmon ijrosini ta’minlash uchun davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, tibbiyot sohalarida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va harbiy muassasalar faoliyatida to‘liq davlat tilida ish yuritish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni kuchaytirishimiz kerak. Hozirgi kunda mamlakatimizda yashayotgan, O‘zbekistonimizni yagona va ahil oila deb biladigan turli millat va elatlar vakillari ham o‘zbek tilini o‘rganishga katta qiziqish va istak bildirayotganlari ayniqsa e’tiborlidir.

    Shu munosabat bilan bu borada motivatsiya omillarini kuchaytirish, maxsus darslik, lug‘at va qo‘llanmalar, video va audiomateriallar, zamonaviy o‘qitish uslublarini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallashgan dunyoda tillarning bir-biriga o‘zaro ta’siri, jumladan, chetdan so‘z qabul qilish ko‘lami va sur’ati ortib bormoqda. Afsuski, yurtimizda bu jarayon aniq tizim va ilmiy yondashuvlarsiz yuz berayotganini tan olgan holda, mavjud holatni bartaraf etish uchun ta’sirchan choralar ko‘rish lozim.

    Ayni vaqtda o‘zbek tili alohida fan sifatida o‘qitilayotgan xorijiy universitet va markazlar bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish, ular uchun o‘quv adabiyotlari yaratish borasida ham faol ish olib borishimiz lozim.

    Jahon adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyotining sara namunalarini chet tillarga tarjima qilish va nashr etish, bu yo‘nalishda shakllangan ijodiy maktablarni rivojlantirish, yuqori malakali tarjimon-adiblar hamda mutaxassislarni tayyorlash ishlariga jiddiy e’tibor qaratishimiz darkor.

    Mamlakatimizda “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari”, “Qoraqalpoq adabiyoti durdonalari”, “Birinchi kitobim”, “Jahon adabiyoti durdonalari” kabi seriyalarni nashr etish bo‘yicha boshlangan ishlarni tizimli asosda davom ettirish kerak.

    Shuningdek, o‘zbek tilining jahon maydonida, xususan, Internet axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, ona tilimizda ko‘plab yangi kompyuter dasturlarini yaratish bo‘yicha ham oldimizda turgan muhim va dolzarb vazifalarni hal qilishimiz zarur.

    Ushbu qutlug‘ bayram arafasida qabul qilingan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror ham o‘zbek tili va adabiyotini, milliy madaniyatimizni yana-da ravnaq toptirishga qaratilgan amaliy harakatlarimiz bilan uyg‘un va hamohangdir.

    Hurmatli do‘stlar!

    Atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniy bobomiz aytganidek, til – millat ruhini yuksaltiruvchi buyuk kuchdir. Shu ma’noda, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi, desak, yanglishmagan bo‘lamiz.

    Men mana shunday qarash va tushuncha har bir yurtdoshimizning hayotiy e’tiqodiga aylanadi, bu borada muhtaram ziyolilarimiz, faol yoshlarimiz, keng jamoatchiligimiz barchaga o‘rnak va namuna bo‘ladilar, deb ishonaman.

    Aziz va qadrli vatandoshlarim!

    Sizlarni O‘zbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sog‘lik-omonlik, baxt-u saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

    O‘zbek tilimiz hamisha bezavol yashasin, doimo mag‘rur yangrasin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Avvalroq Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 10-aprel kuni “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” qonunni imzolagandi. Qonunga ko‘ra, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.

    21.10.2020, 11:10   Izoh (0)   15815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident farmoni bilan Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi

    21.10.2020, 10:39

    O‘zbekistonda taqdim etilgan Skoda Kodiaq narxi ma’lum qilindi

    21.10.2020, 10:11

    Samarqandda pul tikib, xo‘roz urishtiriladigan yashirin arena faoliyatiga chek qo‘yildi

    21.10.2020, 09:25

    Namanganda xorij universitetiga o‘qishga kiritish va keyinroq NamDUga “perevod” qilib berish evaziga 2000 dollar so‘ragan doktorant qo‘lga tushdi

    21.10.2020, 08:39

    Qamchiq dovonida Isuzu va Damas to‘qnashuvi oqibatida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

    21.10.2020, 07:38

    O‘zbekiston ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishiga raislik qildi

    21.10.2020, 07:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.