• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “O‘zbekkino” ayrim multiplikatorlar tomonidan yo‘llangan ochiq xatga o‘z munosabatni bildirib, xatga imzo chekkanlarning gonorarini ochiqladi

    “O‘zbekkino” mamlakatdagi ayrim multiplikatorlar tomonidan milliy agentlikning muammolari haqida yo‘llagan ochiq xatiga rasmiy munosabat bildirdi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    “O‘zbekkino” MA kino sohasidagi muammolar bilan bog‘liq barcha nuqtayi nazarlarni hurmat qilishini bildiradi. Biroq yuqorida ko‘rsatilgan “Siz kim bilansiz, janob bosh direktor?” deb nomlangan ayrim multiplikatorlarning “O‘zbekkino” muammolari haqidagi ochiq xatini ko‘rib chiqib, agentlik undagi ayblovlarni qat’iyan rad etadi va bu materialning mualliflari ma’lumotlarni atayin buzib ko‘rsatib, jamoatchilikda yanglish fikrlarni shakllantirishga uringan deb hisoblaydi.

    Murojaatda ko‘tarilgan tanlov va PR aksiyalar o‘tkazilishi kabi ba’zi bir mavzular haqida bahs-munozaralarga kirishmasdan, agentlik jamoatchilik e’tiboriga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

    Ochiq xatda “‘O‘zbekkino’ rahbari Firdavs Abduholiqov animatsion filmlar yaratish bo‘yicha davlat mablag‘lari va buyurtmalarni xususiy nodavlat studiyalarga saxiylik bilan tarqatadi...” shuningdek, “o‘tgan yilda davlat studiyasida bironta ham animatsion film ishga tushirilgani yo‘q”, deb ta’kidlanadi.

    Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki 2020-yilda “O‘zbekkino” tomonidan jami 5,2 milliard so‘mlik 11 ta multiplikatsion film ishga tushirilgan bo‘lsa, shundan 3,4 milliard so‘mini “Multiplikatsion filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi olgan (2020-yil oktabr oyidagi ma’lumotlar). O‘tgan yili esa 4,6 milliard so‘m umumiy summadan, studiya shuningdek, 3,4 milliard so‘m mablag‘ olgan, xususiy studiyalarga esa 1,2 milliard so‘mlik animatsion mahsulotlarga mablag‘ ajratilgan.

    Ochiq xatda ta’kidlanishicha, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUKning 30 nafar xodimi — rejissor, rassom va animatorlar tirikchilikdan mahrum bo‘lib, ishsiz qolgan. Bu bir yildan beri davom etib kelmoqda. Pandemiya paytida bu haqiqiy falokat, chunki ularning oilalari, yosh bolalari, keksa ota-onalari bor va ularni boqish, parvarish qilish kerak...”. Bu ma’lumotlar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Agentlikka qo‘yilgan ayblovlar jiddiyligini hisobga olib, “O‘zbekkino” ochiq xatga imzo chekkan shaxslar tomonidan o‘tgan sakkiz oy mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun olingan gonorarlar miqdorini e’lon qilishga majbur:

    • Hamidulla Mahmudxo‘jayevga – 87 million so‘m;
    • Gayana Matevosyanga – 80 million so‘m;
    • Nilufar Qudratullayevaga – 47 million so‘m;
    • Dmitriy Vlasovga – 46 million so‘m;
    • Faina Mitugulinaga – 45 million so‘m;
    • Tatyana Korobovaga – 30 million so‘m;
    • Nozim To‘laxo‘jayevga – 27 million so‘m.
    Gonorarlar animatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi narxlarga muvofiq hisoblangan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda jamoatchilikni chalg‘itmaslikni va ommaviy axborot vositalarida yolg‘on ma’lumotlarni e’lon qilmaslikni so‘raymiz. Bolalarni adolatli qilib tarbiyalash va haqiqatni gapirishga o‘rgatadigan multfilmlar ishlab chiqaradigan odamlar, albatta, hayotdagi xatti-harakatlari bilan o‘zlari yaratgan ijobiy obrazlarga mos bo‘lishlari ham kerak, deb hisoblaymiz.

    Shu bilan birga, “O‘zbekkino” tomonidan o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK tomonidan yaratilayotgan, buning uchun ulkan davlat mablag‘lari sarflanayotgan qisqa metrajli animatsion filmlar afsuski, O‘zbekiston yosh tomoshabinlari e’tiborini jalb qila olmayapti. Murojaatni imzolaganlarning aksariyati o‘z ishlarida animatsion kontent yaratishning eskirgan tizimi 2D formatidan foydalanadi. Shu sababli “O‘zbekkino” ajratilgan davlat mablag‘larini bolalar auditoriyalari uchun yangi, zamonaviy va talab katta bo‘lgan kontent yaratish uchun yo‘naltirishni zarur deb hisoblaydi.

    “O‘zbekkino” chet el tajribasi va xorijda ham, mamlakatimizda ham mashhur bo‘lgan bolalar multiplikatsion seriallarini o‘rganib, bilim olish va tomosha qilishni uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan yangi janrni (edutainment: education + entertainment) amalga joriy etishga kirishgan. Agentlik tomonidan barcha quyi studiyalarni, shu jumladan multiplikatsion studiyani ham texnik qayta jihozlash bo‘yicha shartnoma imzolangan. Ushbu loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biri zamonaviy animatsiya bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashdir.

    Murojaatni imzolagan shaxslar tomonidan xususiy studiyalar vakillari – hamkasblari haqidagi fikrlarini va ularni layoqatsizlikda ayblashni noto‘g‘ri va professional etikaga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaymiz. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xususiy studiyalar tomonidan 3D formatida yaratilayotgan filmlar davlat multiplikatsion filmlar studiyasi tomonidan yaratilgan mahsulotlarga nisbatan yuqoriroq reytinglarga ega bo‘lmoqda, ularga internetda ham, televideniyeda ham talab katta. Shu sababli “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK buyurtmalarining bir qismi, xususan multseriallar, xususiy studiyalar bilan hamkorlikda, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yaratilmoqda.

    Ushbu murojaatda shunday deyiladi: “O‘zbekkino” bosh direktori davlat filmlarini moliyalashtirishning yangi qoidalarini o‘rnatdi: “Agar men multfilmingizni ishga tushirsam, uni ishlab chiqarish uchun Moliya vazirligi rejalashtirgan pulning atigi 60 foizini beraman, qolganini ko‘chada o‘zingiz topasiz!”. Bu iqtiboslar va dalillarni qasddan noto‘g‘ri talqin qilishdan boshqasi emas.

    Afsuski, murojaat mualliflari zamonaviy kino ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy tushunchalari, xususan co-production – ya’ni xususiy va davlat sektorlaridan manfaatdor tashkilotlarni sherik sifatida jalb qilgan holda hammualliflikda kino ishlab chiqarish haqida tushunchalarga ega emas. Bu amaliyot allaqachon “O‘zbekkino” da hujjatli va badiiy filmlar ishlab chiqarishda amaliyotga joriy etila boshlangan.

    Ochiq xatda “U (ya’ni bosh direktor) “Futurist” xususiy korxonasining egasi Behzod Salomovni “Multiplikatsion filmlar studiyasiga” direktor etib tayinladi, bu yuridik jihatdan noqonuniy, chunki xususiy tadbirkor davlat studiyasiga rahbarlik qilish huquqiga ega emas” deyilgan.

    Bu ham haqiqatga mos emas. Davlat unitar korxonasining amaldagi rahbari Behzod Salomovning ishbilarmonlik fazilatlarini hisobga olib, uni studiya xodimlari va animatorlar jamoasining o‘zi direktor lavozimiga nomzod sifatida taklif etgan. Uning nomzodi uchun bir ovozdan ovoz berganlar orasida — bu ochiq xatga imzo chekkanlarning aksariyati bor. Natijada Behzod Salomov davlat unitar korxonasini to‘liq boshqarish uchun “Futurist” studiyasidan ishdan bo‘shadi va ta’sischilar tarkibida uning ism sharifi yo‘q.

    “O‘zbekkino” MA animatsion studiyada mana necha yilki birdamlik va hamjihatlik yo‘qligi, vaqti-vaqti bilan janjal va xatbozlik avj olishidan afsusdamiz. Biroq O‘zbekistondagi animatorlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchilarining soni yuqorida ko‘rsatilgan maktubga imzo chekuvchilarga qaraganda bir necha marta ko‘pligidan xursandmiz. Shu munosabat bilan mazkur murojaatni imzolagan guruh jamoatchilikka o‘zini “‘Multiplikatsion filmlar studiyasi’ DUK animatorlari jamoasi” deb taqdim etishi to‘g‘ri emas, deb hisoblaymiz.

    “O‘zbekkino” bir necha bor ayrim shaxslar kino sohasi xodimlarini jalb qilgan holda “O‘zbekkino” MA rahbariyati tomonidan kinosanoatini isloh qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish jarayonini ommaviy ravishda obro‘sizlantirish maqsadida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan. Internet tarmog‘ida va ayrim yirik ommaviy axborot vositalarida “O‘zbekkino” nuqtayi nazarini taqdim etmasdan, atayin kinosanoat vakillarining noxolis materiallari, murojaatlari va intervyularini joylashtirish tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan, bunday materiallar uchun platforma taqdim etadigan ommaviy axborot vositalarining professionalligi va xolisligiga shubha qilmagan holda, ushbu turdagi materiallarni nashr etishdan oldin ma’lumotlarni qayta tekshirib ko‘rishlarini va ulardagi faktlarni tasdiqlash uchun Agentlikka murojaat qilishlarini so‘raymiz.

    “O‘zbekkino” Milliy agentligi milliy kino maqomini ba’zi kinoijodkorlar tomonidan asossiz ayblov va tuhmatlardan himoya qilish maqsadida ayrim turdagi hujjatlarni chop etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

    “O‘zbekkino” Milliy agentligi mamlakat kino sanoatini isloh qilish va rivojlantirishning barcha masalalari bo‘yicha muloqotga tayyorligini yana bir bor ma’lum qiladi.

    “O‘zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmati

    19.10.2020, 10:25   Izoh (0)   20141
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Anvar G‘aniyev to‘yda biqiniga xanjar tiqishgani haqida gapirib berdi (video)

    11.10.2020, 10:59

    60 yoshini qarshilayotgan Ortiqali Qozoqov o‘zi tug‘ilib-o‘sgan qishloqda san’at galereyasi ochdi

    10.10.2020, 23:39

    “Gonorarim mehnatimga yarasha”. Rayhon Ulasenova “Mendirman Jaloliddin” serialida askardek mehnat qilgani haqida gapirdi (video)

    09.10.2020, 18:45

    “Qiynalib ketdim”. Yulduz Rajabova Turkiyada 10 oy yashagani, “Mendirman Jaloliddin” serialidagi qiyinchiliklarga to‘la roli haqida (video)

    09.10.2020, 15:48

    Aktrisa Saida Rametova saratonga qarshi muolajalari yaxshi samara berayotganini ma’lum qildi (video)

    09.10.2020, 12:12

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dublyaj aktyori Arsen Ismoilov vafot etdi

    07.10.2020, 13:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15

    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

    Reklama | 20 iyun, 19:30

    Isroil Falastin uylarini harbiy bazalarga aylantirmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 21:05

    Biz har doim noto‘g‘ri saqlab kelgan 12 mahsulot

    Maslahatlar | 20 iyun, 20:50

    Endi davlat tashkilotlari xodimlarining tana vazni indeksi o‘lchab boriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.