• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

    O‘zbekiston milliy matbuot markazida 2020-yilning 13-oktabr kuni “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

    Foto: AOKA

    Ma’lum qilinishicha, ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Badiiy akademiya, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan e’lon qilingan. Ko‘rik-tanlov O‘zbekiton mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlab, “Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida tashkil etildi.

    Taqdirlash marosimida ko‘rik-tanlov tashkiliy qo‘mitasi, hakamlar hay’ati a’zolari, tanlov g‘oliblari, jurnalistlar ishtirok etdi.

    Ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimlari 2020-yil 25-avgustidan 9-sentabrgacha o‘tkazildi.

    Tanlovning respublika bosqichiga ijodiy ishlar koronavirus pandemiyasi sababli karantin qoidalaridan kelib chiqib, 2020-yil 19-avgustidan 10-sentabrigacha onlayn shaklda qabul qilindi.

    Respublika bosqichiga, shuningdek, Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan bosma OAV, veb-sayt, telekanal va radiokanallar ijodkorlari uchun to‘rtta yo‘nalishning har biri bo‘yicha joriy etilgan “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasiga 140 nafardan ziyod muallif va ijodiy jamoalardan 1000 ga yaqin ish kelib tushdi.

    Ko‘rik-tanlov g‘oliblarining munosibini aniqlash uchun jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olish maqsadida tanlov2020.uz sayti ishga tushirildi hamda ijodiy ishlarning barchasi ushbu veb-saytga joylashtirildi. 2020-yil 16—20-sentabr kunlari mazkur sayt orqali ovoz berish yo‘lga qo‘yildi.

    “Ijodiy ishlarning aksariyatida 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, ‘Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili’ni amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida mamlakatni har tomonlama obod qilish, uning iqtisodiy qudratini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘si oshib borayotgani, pandemiya sharoitida ham davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar izchil davom etayotgani hayotiy faktlar va ilmiy asoslangan tahlillar bilan xolis va haqqoniy yoritilgan”, — deyiladi AOKA xabarida.

    Mirolim Isajonov, “Daryo.uz” muxbiri. “Bunyodkor zamondoshlarimizning ibratli hayoti va mehnat faoliyati chuqur tahliliy yoritilgan maqolalari uchun” OAV sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari bo‘yicha 1-o‘rin sohibi

    Mirolim Isajonov, “Daryo.uz” muxbiri. “Bunyodkor zamondoshlarimizning ibratli hayoti va mehnat faoliyati chuqur tahliliy yoritilgan maqolalari uchun” OAV sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari bo‘yicha 1-o‘rin sohibi
    Foto: AOKA

    Ko‘rik-tanlov g‘oliblari maxsus diplomlar, ko‘rik-tanlov ramzi tushirilgan plaketka hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

    “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi quyidagilar g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi.

    Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bo‘yicha

    • 1-o‘rin. Sobir O‘nar — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi. Xalqimiz turmushi, jamiyatda yuz berayotgan jo‘shqin hayot, bugungi kun qahramonlari qiyofasi hamda ularning o‘y-kechinmalari vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan ta’sirchan va jonli ifodalangan “Oldinda yongan mayoq” to‘plami uchun.
    • 2-o‘rin. Vafo Fayzullo — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir. Yangi O‘zbekistonning yangi marralar, porloq kelajak sari dadil, ishonch bilan odimlayotgan ozod fuqarosi ko‘ngil kechinmalari, qaynoq his-tuyg‘ulari, vafo va sadoqat, mehr-oqibat, do‘stlik va hamjihatlik singari mavzular tarannum etilgan “Qoyadagi daftar” she’riy to‘plami uchun.
    • 3-o‘rin. Habib Abdunazar — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi. Xalqimizning milliy turmush tarzi, o‘ziga xos xarakteri qirralari badiiy aks etgan “Dashtdagi olov” qissa va hikoyalar to‘plami uchun.
    Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari bo‘yicha
    • 1-o‘rin. Nargiza Umarova — “Yoshlar ovozi” gazetasi bo‘lim muharriri. 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar keng va tahliliy yoritilgan materiallari uchun.
    • 2-o‘rin. Shoqahhor Salimov — faxriy jurnalist. 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekistonda millatlararo do‘stlik, mamlakatning yaxshi qo‘shnichilik siyosati, strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarning mazmun jihatdan yangi bosqichga olib chiqilayotgani tahliliy yoritilgan materiallari uchun.
    • 3-o‘rin. Farmon Toshev —“Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri. Mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy hayoti, matbuot sohasidagi islohotlarning borishiga bag‘ishlangan maqolalari uchun.
    OAV sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari bo‘yicha
    • 1-o‘rin. Mirolim Isajonov — “Daryo.uz” axborot-tahliliy portali muxbiri. Bunyodkor zamondoshlarimizning ibratli hayoti va mehnat faoliyati chuqur tahliliy yoritilgan maqolalari uchun.
    • 2-o‘rin. Faxriddin Ubaydullayev — O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri (Andijon viloyati). Dastur va loyihalar ijrosi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda farzandlarimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, innovatsion g‘oyalarning amaliyotga tatbiq etilishiga bag‘ishlangan materiallari uchun.
    • 3-o‘rin. Nargiza Yunusova — “Human.uz” axborot portali muxbiri. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni, odamlarning hayotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar yoritilgan materiallari uchun.
    Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari bo‘yicha
    • 1-o‘rin. Ulug‘bek Rahmonqulov — “O‘zbekiston 24” telekanali muharriri. “O‘zbekiston yil mamlakati” nomli hujjatli filmi, “Tahlilnoma” axborot-tahliliy dasturi, “Maxsus reportaj” teleko‘rsatuvlari uchun.
    • 2-o‘rin. Muqaddas Panjiyeva — “Mening yurtim” telekanali muxbiri. “Hudud” yoshlar informatsion dasturida efirga uzatilgan turkum tahliliy materiallari uchun.
    • 3-o‘rin. Abduholiq Marayimov —“O‘zbekiston” radiokanali muharriri. “Islohotlar amalda”, “Jarayon”, “Xalq qabulxonalarida” turkum eshittirishlari uchun.
    Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari bo‘yicha
    • 1-o‘rin. Erkin Aralov — rangtasvirchi rassom. Vatanimizning betakror tabiati, salomatlikni asrash, odamlarimizning Vatanga sadoqat tuyg‘usi yuksak badiiy bo‘yoqlarda talqin etilgan “Uyda qoling”, “Karantin” asarlar turkumi uchun.
    • 2-o‘rin. Farrux Shodmonov —Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi dizayneri. 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda bunyodkorlik ishlariga bag‘ishlangan dizayn loyihalari uchun.
    • 3-o‘rin. Hamdam Shoraxmedov — fotosuratchi. Vatanimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, odamlarning Vatanga sadoqat tuyg‘usi aks ettirilgan “Ona yurtim” fotolavhalari uchun.
    Kino san’ati asarlari bo‘yicha
    • 1-o‘rin. Mansur Abduxoliqov — rejissyor. Mustaqillik bergan ne’matlarni qadrlashga, mamlakatimizda el-yurt farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning qadr-qimmatini chuqurroq anglash tuyg‘ulari aks etgan “Tengiz” badiiy filmidagi rejissyorlik ishi uchun.
    • 2-o‘rin. Erkin Bozorov — aktyor. Yurt ravnaqi, xalq farovonligi uchun xizmat qilgan insonlarning siymolarini yaratish, ular yashagan davrni hujjatlar asosida tiklash orqali tomoshabinga xotira muqaddas ekani, mustaqillik g‘oyalarining abadiyatga daxldorligi mavzularining go‘zal tasviriy ifodalar orqali yetkazib berilgan “Sabr-u sadoqat” ko‘p seriyali badiiy filmdagi aktyorlik ishi uchun.
    • 3-o‘rin. Said Dalilxon Said Turg‘utxonov — operator. Mustaqillik tufayli obod bo‘layotgan shahar, tumanlar, ta’mirlanayotgan tarixiy obidalar, qadamjolar aks etishi barobarida, bugungi kunda fermerlarga yaratilayotgan sharoitlar tasvirlangan “Matonat saboqlari. Lola Murodova” hujjatli filmidagi operatorlik ishi uchun.
    “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasi bo‘yicha
    • Televideniye yo‘nalishida: “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” studiyasi jamoasi. Pandemiya sharoitida mamlakatimizning obod bo‘layotgan shahar va tumanlari, ta’mirlanayotgan tarixiy obidalari, xalq farovonligi uchun xizmat qilgan insonlar hayoti, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jonli efirlar orqali ochib berilgan “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvi uchun.
    • Radio yo‘nalishida: Go‘zal Yaxudayeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi radiokanal muharriri. “Yangilanish qadamlari”, “Inson manfaati xalq kelajagi”, “Salomatlik sirlari”, “Hazrati dehqon” turkum eshittirishlari uchun.
    • Matbuot yo‘nalishida: Iroda Toshmatova — “Yangi O‘zbekiston” gazetasi muxbiri. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning amaliy samaralari, aholi farovonligini ta’minlash borasidagi ishlar yoritilgan tahliliy materiallari uchun.
    • Veb-saytlarda yoritilgan materiallar yo‘nalishida: Nurillo To‘xtasinov — “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali muxbiri. O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni, ilm-fan sohasiga qaratilayotgan e’tibor, xalqaro maydonda o‘z iqtidorini namoyish qilayotgan farzandlarimizning yutuqlari yoritilgan tahliliy materiallari uchun.

    13.10.2020, 21:11   Izoh (0)   15463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda Matiz’ning gaz balloni portlashi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi

    13.10.2020, 20:10

    “Ayrim blogerlar tomonidan bosh vazir boshchiligida bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar noto‘g‘ri talqin qilinyapti” – Monopoliyaga qarshi ku...

    13.10.2020, 19:58

    Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi yangi korxona va uylarga tashrif buyurdi

    13.10.2020, 19:35

    O‘zbekistonda 14-oktabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

    13.10.2020, 19:11

    Prezident Sirdaryoda Oqoltin tumani aholisi bilan suhbatlashdi

    13.10.2020, 18:48

    Shayx Alouddin Mansur 68 yoshida vafot etdi

    13.10.2020, 18:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.