Janubiy Koreyaning “Sonnam” jamoasida harakat qilayotgan Jamshid Iskandarov O‘zbekiston terma jamoasining oktabr oyidagi yig‘iniga kela olmaydigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jamshid O‘zbekiston terma jamoasi yig‘inida qatnashadigan bo‘lsa, Janubiy Koreyaga qaytgach karantinga olinishiga to‘g‘ri keladi. Bu tufayli futbolchi jamoasining chempionatdagi hal qiluvchi o‘yinlarida qatnasha olmasligi mumkin. Shu sabab “Sonnam” jamoasi Iskandarovni terma jamoa safiga qo‘yib yuborishni xohlamagan.
Avvalroq FIFA koronavirus pandemiyasi davridagi vaziyatdan kelib chiqib yangi reglament ishlab chiqqan va unda klublarga o‘z ixtiyoridagi futbolchini terma jamoa safiga qo‘yib yubormaslik huquqi berilgandi.
Mavzuga doir: Oston O‘runov O‘zbekiston terma jamoasi mashg‘ulotlari vaqtida jarohat oldi va yig‘inni tark etdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)