• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Saturnga ko‘chish. Shveysariyadagi diniy sekta a’zolari nega yoppasiga o‘z joniga qasd qilgan edi?

    1994-yil 4-oktabrda Shveysariyada “Quyosh ibodatxonasi ordeni” a’zolarining ommaviy o‘z joniga qasd qilish harakati sodir bo‘lgan edi. “Daryo” voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Jasadlar gilamlarda cho‘zilib yotar, erkaklarning jasadlari qizil va qora rangli marosim liboslarida, ayollarning jasadlari, shu jumladan, 12 yoshli qizaloq ham tilla va oq rangli liboslarda edi. Bir vaqtning o‘zida 48 kishi halok bo‘ldi. 25 kishi Granj-syur-Salvan shahridagi ikkita uyda o‘zini yoqib yubordi, yana 23 kishi Sheyridagi uyda o‘zini o‘zi yoqdi, bu yerda olov kerakli darajada alangalanmadi. Shuning uchun bu yerda hatto astrologiya haqidagi xaotik ma’ruzaning lenta yozuvi ham saqlanib qoldi. Bu ma’ruza, ehtimol, odamlarni o‘z hayotidagi so‘nggi harakatga undashi kerak edi.

    Biroz tarix

    1307-yilda Fransiya qiroli Filipp IV tamplierlarga qarshi tergov boshlashga qaror qildi. Bir paytlar “Masihning kambag‘al ritsarlari” bo‘lgan tamplierlar bu paytga kelib o‘zlarining yer va oltinga to‘la qasrlariga ega bo‘lgan qudratli tashkilotga aylanib ulgurgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu qasrlar nafaqat boyliklarni saqlash uchun qurilgan, balki bu yerda ularga boylik va kuch bergan iblis va qora kuchlar sharafiga ibodatlar uyushtirilgan edi.

    Butun Yevropa bo‘ylab tamplierlarni hibsga olish boshlandi, ularning mulklari tortib olindi, o‘zlari qamoqqa tashlandi va ba’zilari gulxanda yoqildi. Inkvizitorlar, ayniqsa, Fransiyada juda quturib ketdi. 1310-yil 12-aprel kuni bu mamlakatda bid’atchilikda ayblangan tamplierlar ordenining 54 a’zosi gulxanda yoqib yuborildi.

    “Quyosh ibodatxonasi ordeni”

    XX asrga kelib, yuqoridagi ushbu voqea Lyuk Jure va Jozef Di Mambrolarni “Quyosh ibodatxonasi ordeni” mazhabi haqidagi ta’limotni yaratishga ilhomlantirgan deb hisoblashadi, uning asosiy g‘oyasi o‘zini o‘zi yoqish orqali najot topish edi. Quyosh ta’limotining nazariy asoslarini bastakor Mishel Tabachnik taqdim etdi. Ushbu sektaning mohiyati dunyo oxirining yaqinlashib kelishiga “to‘g‘ri” tayyorgarlik ko‘rishda edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Buning uchun Yerdan Saturn sayyorasiga o‘tish kerak va u yerdagi tanlanganlar bilan yangi hayotga qayta tug‘ilish kerak edi. Saturnga ko‘chish esa faqatgina o‘z-o‘zini yoqish orqaligina amalga oshiriladi, deb qarashardi. Ammo shveysariyalik tergovchilar aniqlashicha, boshqacha bo‘lishi ham mumkin ekan.

    Masalan, tergovchilar sektadagilar o‘zlarini o‘ldirish uchun tabletkalardan, o‘limga olib keladigan kokteyllardan ham foydalanganlarini va so‘nggi daqiqada “Saturnga ko‘chish” fikridan qaytganlar esa otib yoki bo‘g‘ib o‘ldirilganini aniqlagan. Ko‘plab jasadlar tanalarida o‘q izlari, ko‘krak qafasida teshilgan joylar, qo‘llari bog‘langan holda boshiga yopilgan polietilen paketlar bilan topilgan edi. Jure va Di Mambrolar oxir zamon uchun o‘zlarining neotamplierlar ordeni a’zolarini shunday tayyorlardi.

    Chaqaloqning o‘limi

    “Quyosh ibodatxonasi ordeni”ning asosiy magistri belgiyalik neo-natsist va qora sehr-joduni sevuvchi Lyuk Jure edi. U o‘z ta’limoti g‘oyalarini ko‘plab sirli va diniy tashkilotlarning a’zosi bo‘lgan Aleister Krouli asarlaridan oldi. Natijada ushbu orden ta’limoti xristian o‘ziga xosligi (nasroniylikning irqchi va antisemit talqini), NUJ dini (yerdan boshqa yerlardagi hayotga ishonish) va masonlik g‘oyalariga yo‘g‘rilgandi.

    Lyuk Jure va Jozef Di Mambroning diniy tadqiqotlari o‘z natijasini 1994-yilda bera boshladi. Shu yilning oktabr oyida ularning muridlaridan biri o‘zining uch oylik o‘g‘lini yog‘och qoziq bilan o‘ldirdi. Aytishlaricha, ushbu muridiga bunday qotillikni Di Mambroning o‘zi buyurgan edi. Go‘yoki u uch oylik bolada o‘zining ma’naviy maqsadiga erishishiga to‘sqinlik qilish uchun yer yuzida paydo bo‘lgan Dajjolni ko‘rgan emish.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Firibgarlar ishga chuqur kirib ketganida...

    Mazhabning asoschilari ham o‘z joniga qasd qildi. Biroq ularning alohida boshqa sabablari bor edi. Tergov aniqlashicha, Jure va Mambrolar kun kelib o‘z mulklaridan mahrum etilgan “orden” a’zolari tomonidan ta’qib qilinishdan qo‘rqa boshladi. “Apokalipsis” haqidagi asl haqiqat shunda ediki, “Quyosh ibodatxonasi” o‘z a’zolaridan xayr-ehson qilishni talab qilardi, shuning uchun ham sektaga juda boy odamlar qabul qilindi. Jure va Mambrolar esa bu mulklarni o‘z nomlariga o‘tkazib oldi.

    Aytgancha, ularning muridlari nafaqat Shveysariyada, balki Fransiya va Kanadada ham mavjud edi. Quyosh ordeni ushbu davlatlarda ham faoliyat yuritgan va guruh bo‘lib, o‘z joniga qasd qilishlar bu mamlakatlarda 1990-yillarning oxiriga qadar davom etgan edi. Shu bilan birga, sektada o‘z ko‘lami bilan fantastik darajaga yetgan sirli moliyaviy firibgarliklar sodir bo‘lardi. A’zolarning uylaridan tortib qurol-yarog‘ savdosigacha bo‘lgan ushbu moliyaviy firibgarliklarning barchasi “orden” rahbarlarining millionlab dollarlik shaxsiy ishlari edi.

    Siriusga sayohat

    1994-yilning 4-oktabriga kelib, Quyosh ibodatxonasi ordeni a’zolarining ommaviy o‘zini o‘zi yoqib yuborishlari boshlandi, buning natijasida Di Mambro, uning maslakdoshi Lyuk Jure va yana 46 ta izdoshi vafot etdi. Aftidan, ularning hammasi ham Siriusga o‘z xohishi bilan ketmagandi – ba’zi jasadlarda zo‘ravonlik natijasidagi o‘lim izlari topildi. Ordenning so‘nggi marosimi qurbonlari nafaqat kattalar, balki bolalar ham edi. Ulardan biri Di Mambroning o‘n ikki yoshli qizi bo‘ldi.

    Izdoshlar

    Quyosh ibodatxonasi ordeni haqidagi voqea shu bilan tugamadi va 1995-yil dekabrda mazhabning qolgan a’zolari Siriusga ko‘chib o‘tish uchun yana bir marta o‘z joniga qasd qildi – bunda yana 16 kishi vafot etdi. 1997-yil mart oyida ordenning beshta a’zosining yana o‘zini o‘zi yoqish marosimi uyushtirildi. Maxsus xizmatlar buni to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi. 1998-yilda esa Quyosh ordenining yana 32 ta izdoshi Teyde vulqoni tepasida o‘zlarini yoqishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu odamlar ularni olib ketishga uchar likopcha uchib keladi va qutqarilganlarning hammasini Siriusga eltadi, deb umid qilgan, ammo oxir-oqibat bu yerda Interpolning paydo bo‘lishi “parvoz” ning bekor qilinishiga olib keldi.

    Albatta, bu insonlar, aslida, shunchaki ruhiy nosog‘lom odamlar bo‘lsa kerak. Turli xil diniy sektalar yordamida odamlarni aldab, firibgarlik yo‘llari bilan ularning mulkiga ega chiqish tarixda ko‘p uchraydi. Masalan, 2000-yilning 17-mart kuni Ugandadagi “Xudoning o‘n ilohiy amrini qayta jonlantirish harakati” deb nomlangan sekta a’zolari bo‘lgan 500 kishi ham o‘zlarini o‘ldirgan edi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya... 

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    05.10.2020, 22:12   Izoh (0)   60041
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik virusolog koronavirus bilan qayta kasallanish muddatini baholadi

    05.10.2020, 21:36

    Isroildagi klinika rahbari Dushanbe meri Rustam Emomali ushbu shifoxonada davolanganini rad etdi

    05.10.2020, 18:28

    Saudiya Arabistonida mahalliy aholiga Umra ziyoratiga ruxsat berildi

    05.10.2020, 17:57

    Misrda 2500 yillik 59 ta sarkofag qazib olindi (foto)

    05.10.2020, 17:42

    Parij va uning atrofi koronavirus bo‘yicha maksimal xavfli hududlar deb e’lon qilinadi

    05.10.2020, 17:12

    Tibbiyot va fiziologiya bo’yicha Nobel mukofoti gepatit C virusini kashf qilgan shaxslarga berildi

    05.10.2020, 16:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.