Saudiya Arabistoni hukumati koronavirus epidemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Umra ziyoratiga 4-oktabrdan boshlab qisman ruxsat berdi, deb yozmoqda Daily Sabah.
Ziyoratlar bosqichma-bosqich va koronavirus tarqalishidan himoyalovchi karantin choralariga rioya qilingan holda qayta tiklanishi haqida 23-sentabr kuni xabar berilgandi.
https://twitter.com/Reuters/status/1312943088264974336
4-oktabr kuni birinchi bosqich boshlangan bo‘lib, odatdagi ziyoratchilarini uchdan biri, ya’ni mamlakat aholisining 6 ming nafari Umra ziyoratini amalga oshirishi mumkin. Ikkinchi bosqich esa 18-oktabrdan boshlanadi va unda ziyoratchilar soni 75 foizga qadar oshiriladi. Xorijdan tashrif buyuruvchi fuqarolarga esa chegaralar tufayli 1-noyabrdan boshlab ochilishi kutilmoqda.
Izoh (0)