Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘och sarkofaglar ruhoniylar, mansabdorlar va fir’avnlarning so‘nggi davridagi (eramizgacha bo‘lgan 664-525 yillar) yuqori qatlam vakillari uchun qilingan.
Misrning Sakkar shahridagi qadimiy nekropolda, Qohiradan taxminan 32 kilometr janubdagi hududda arxeologlar eng yirik topilmalardan biri sanalgan 59 ta mumiya solingan, qo‘l urilmagan sarkofaglarni qazib oldi. Ularning yoshi 2500 yil atrofida, deb baholanmoqda.
Bundan tashqari, 11 metrlik chuqur quduqlarda jami 28 dona unumdorlik xudosi va marhumlar homiysi Sokarm haykallari, shuningdek, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan 35 santimetr balandlikka ega Nefertum xudosi bronza haykalchasi topildi.
Bu COVID-19 pandemiyasi boshlangan paytdan beri qazib olingan eng yirik topilma hisoblanadi. Buning ustiga, arxeologlar Joser piramidasi yonida mumiyalarga ega ko‘plab sarkofaglar borligiga ishonishmoqda.
Izoh (0)