Argentina terma jamoasi JCh—2022 saralashidan o‘rin olgan Ekvador va Boliviyaga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Undan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi o‘rin oldi. Avvalroq KONMEBOL Messining diskvalifikatsiyasini bekor qilgan va Leo oktabr oyidagi o‘yinlarda terma jamoasiga yordam bera olishi ma’lum bo‘lgandi.
Argentina 8-oktabr kuni Ekvadorga qarshi bahs olib borsa, 13-oktabrda Boliviya bilan o‘ynaydi.
Darvozabonlar: Emiliano Martines (“Aston Villa”), Xuan Musso (“Udineze”), Franko Armani (“River Pleyt”), Esteban Andrada (“Boka Xuniors”).
Himoyachilar: Xuan Foyt (“Vilyarreal”), Nikolas Otamendi (“Benfika”), Neuen Peres (“Atletiko”), Nikolas Talyafiko (“Ayaks”), Markos Akunya (“Sevilya”), Fakundo Medina (“Lans”), Gonsalo Montiyel (“River Pleyt”), Lukas Martines (“River Pleyt”).
Yarim himoyachilar: Leandro Paredes (PSJ), Gido Rodriges (“Betis”), Jovani Lo Chelso (“Tottenhem”), Rodrigo de Paul (“Udineze”), Eksekiel Palasios (“Bayer”), Nikolas Dominges (“Bolonya”), Lukas Okampos (“Sevilya”), Aleksis Mak Allister (“Brayton”), Alexandro Gomes (“Atalanta”), Eduardo Salvio (“Boka Xuniors”).
Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”), Lautaro Martines (“Inter”), Paulo Dibala (“Yuventus”), Xoakin Korrea (“Latsio”), Lukas Alario (“Bayer”), Jovanni Simeone (“Kalyari”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)