• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ichki turizmga ruxsat bor, lekin sayyoh yo‘q”. Turoperatorlar karantin davridagi faoliyati va muammolari haqida

    Turizm yo‘nalishi koronavirus pandemiyasi davrida nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi. O‘zbekistonda kasallanish bilan bog‘liq birinchi holat aniqlanganidan so‘ng, 16-martdan xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilindi.  Avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish, doimiy temiryo‘l qatnovi ham to‘xtatildi. Bosh vazir o‘rinbosari va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, karantin davrida O‘zbekistonda turoperatorlarning 63 foizi va mehmonxona va xostellarning 81 foizi o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Bu 250 ming nafar fuqaroning daromadlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

    Biroq 1-iyundan boshlab karantin cheklovlari bo‘yicha “yashil” va “sariq” deb belgilangan hududlarda ichki turizmning amalga oshirilishiga ruxsat berildi. Yana oradan ko‘p o‘tmay 10-iyuldan karantin qoidalari yana kuchaytirildi.

    Xo‘sh, karantin vaqtida turizm sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar inqirozdan qutulish uchun qanday choralar ko‘rdi? Tegishli muassasalar tomonidan ularga qanday imtiyoz va yordam ko‘rsatildi? 15-avgustdan boshlab mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yilgach, ichki turizm qay darajada rivojlandi? Mazkur savollarga javob olish uchun “Daryo” muxbiri Buxoro va Toshkentda faoliyat olib borayotgan tur firmalarining rahbarlari bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Buxorodagi Art Travel turistlik firmasi rahbari Inobat Karimova:

    Ish shtatlarini qisqartirishga to‘g‘ri keldi

    Xorijdan sayyohlar uchun maxsus avtotransportlar sotib olgandik. Faoliyatimiz to‘xtatilgandan so‘ng qo‘shimcha xarajatlardan qutulish uchun haydovchi, turoperator shtatlarini qisqartirishga to‘g‘ri keldi. Qolganlarga o‘z hisobidan vaqtincha ta’tillar berdik. Lekin butunlay bo‘shatib yubormadik. Yaxshi mutaxassislarimizga oz bo‘lsa-da maosh berib, ushlab turdik.

    Ichki turizmga ruxsat bor, lekin sayyoh yo‘q

    Haliyam ish tiklangani yo‘q. Ayniqsa, xorijiy firmalar bilan shartnomalarimiz to‘xtab qolgan. Hozircha faqat imkon boricha ishlayapmiz. Avvallari, asosan, xorijdan O‘zbekistonga sayyohlarni olib kelish bilan shug‘ullanardik. Hozir esa faqat ichki turizm bo‘yicha qabul qilyapmiz. Asosan, “Yetti pir” ziyoratiga, Shahrisabzga sayohatlar tashkil qilyapmiz. Barcha viloyatlar bilan aloqamiz bor. Lekin. bilasizmi, hatto ichki turizm ham unchalik yaxshi emas. Tushunaman, pandemiya bo‘lgani uchunmi, odamlar biror joyga borishga qo‘rqyapti.

    Avvalgi daromadning hatto 15 foizini ham topolmayapmiz

    Turfirmamiz 6 yildan buyon faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, hozirgi daromad bilan solishtirib bo‘lmaydi. Avvallari chetdan sayyohlar olib kelardik. Ichki turizm bo‘yicha ham katta-katta loyihalarni amalga oshirardik. 2018-yili “Buxoro bo‘ylab” sayohat loyihasini ham o‘zim boshlagan edim. O‘shanda 10 mingga yaqin odamga xizmat qilganmiz. Hozir esa avvalgi daromadimizning hatto 15 foizini ham topolmayapmiz. 10 foiz yoki undan ham kamroq tushum bo‘lyapti. Hozir pandemiya. Turizm yopilgan.

    Davlatdan katta kredit olib xorijdan maxsus avtobuslar olib kelgan edik. Ular aynan sayyohlarga mo‘ljallangan transportlar bo‘lgani uchun Toshkent—Buxoro yo‘nalishlariga qo‘yib bo‘lmaydi. Hozircha faqat xorijdan kelgan davlat delegatsiyalarini olib yurishi uchun hokimlik va zavodlarga ijaraga berib, pul topyapmiz.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yuqoridagi fikrlarni Toshkentda faoliyat olib borayotgan Legend Avia Tour turfirmasining ish boshqaruvchisi Almaz Fayzullayev ham tasdiqladi.

    15 nafar ishchimiz bor edi, hozir 3 kishi ishlayapmiz

    Karantin paytida qo‘shimcha xarajatlardan qutulish uchun hech qanday chora ko‘rolmadik. Ishxonalar yopildi — 6 oy davomida umuman ishlamadik. Faqat charter reyslar yo‘lga qo‘yilgan paytda ruxsat berilgan yo‘nalishlargagina biletlar sotdik. Ishchi o‘rinlarini qisqartirishga to‘g‘ri keldi. Qolgan xodimlarimizga 30 foizdan oyligini berib turdik. Umumiy hisobda 15 nafar xodimimiz bor edi. Hozir esa 3 kishi ishlayapmiz.

    O‘zbekiston — “qizil hudud”

    Turfirmamiz, asosan, Yevropaga viza tayyorlab, sayyohlarni jo‘natish bilan shug‘ullanardi. O‘zbekiston hali “qizil hudud” bo‘lgani uchun Yevropa bilan kirdi-chiqdi bo‘lgani yo‘q. Ish uchun ochiq, ya’ni ish joyining maxsus ruxsatnomasi bilan O‘zbekistonga kelish mumkin, lekin sayyohlar uchun hali yopiq. Shuning uchun ishlar to‘xtab qolgan. Hech qanday turistlar yo‘q. Hozircha sokinlik. Faqat aviakassamiz ishlab turibdi., biletlar sotyapmiz. Hozircha, asosan, o‘zimiznikilar bilan ishlayapmiz. Samarqand, Buxoroga turlar uyushtiryapmiz. Daromadga kelsak, tushum bilan emas, odam soni bilan solishtirganda, avvallari bir oyda 300-400 nafar sayyoh bo‘lgan bo‘lsa, hozir uzog‘i 10-20 nafar bo‘lyapti xolos.

    Foto: “Daryo”

    Prezidentning may oyida “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan. Unga ko‘ra O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari, turoperatorlariga maqsadli foizsiz ssudalar berish ko‘zda tutilgandi. “Daryo” suhbatdoshi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu imtiyozdan foydalandimi? Ularga karantin paytida mutasaddilar tomonidan qanday yordam ko‘rsatildi?

    Turizm qo‘mitasi tomonidan bizga hech qanday yordam bo‘lgani yo‘q. Ularning bizga yordam berishga imkoniyati ham yo‘q, deb o‘ylayman. Chunki aviareyslar ochilmasa, bizga ish bo‘lmaydi. Ular ham hech narsa qilisholmaydi. To‘g‘ri, yaqinda Prezidentning turoperatorlari, turfirmalari va mehmonxonalarga ssudalar berish bo‘yicha farmoni chiqdi. Barcha turfirmalari hujjat topshirib olishlari mumkin. Lekin summasini hisoblab ko‘rsak, maksimum 5-6 million so‘m, hatto 10 millionga ham bormas ekan. Bu hujjat tayyorlash xarajatlariga ham yetmaydi. Bu summa bilan 2 oy ham ishchilarni ushlab turib bo‘lmaydi. 50 million so‘m bersa ekan, olib ishchilarning oyliklarini to‘lasak! Yana kafillik, garov va bir yildan keyin qaytarish sharti bilan berilarkan. Xullas, hech qanday hujjat tayyorlamadik.

    Hozir bizga muammo bo‘lib turgan holat bu — yuqorida aytganimdek, davlatdan katta kredit olib, xorijdan maxsus avtobuslar olib kelgandik. Yaqinda Prezident qarori bilan mehmonxonalarning kreditlari 18 oydan 24 oygacha uzaytirildi. Lekin turkompaniyalarniki 6 oydan ortiq uzaytirilmadi. Shunda ham bankdagilar “6 oy kreditni tani to‘xtatilgan xolos, foizini to‘laysizlar” deyapti. Oktabrdan 5 ming dollardan kreditimizni to‘lashni boshlaymiz. Yana qo‘shimchasiga foizlarini ham to‘lashim kerak. Lekin ishimiz hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmadi. Shu holat bizga katta muammo bo‘lib turibdi.

    Inobat Karimova, Art Travel turfirmasi rahbari

    Legend Avia Tour turfirmasining ish boshqaruvchisi Almaz Fayzullayev esa kreditlarni 6 oyga to‘xtatilib turilganining o‘zi katta yordam bo‘lganligini aytdi. Biroq ssudalar olish uchun hujjatlar tayyorlasa-da, Turizm qo‘mitasidan hech qanday yordam bo‘lmaganini ta’kidladi.

    Biz Prezident farmonida keltirilgan maqsadli foizsiz ssudalarning berish tartibi hamda talabgorlar qaysi mezonlar bo‘yicha tanlab olinayotgani haqida bilish uchun Turizm davlat qo‘mitasining vakiliga murojaat qildik.

    Prezidentning 2020-yil 28-maydagi 6002-sonli farmoniga ko‘ra joylashtirish vositalari va turoperatorlarga pandemiya davrida o‘z xodimlarini ish haqini to‘lash orqali saqlab turishlari uchun maqsadli foizsiz ssudalar berilmoqda. Hozirda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-iyundagi “Maqsadli foizsiz ssudalar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizomiga ko‘ra maxsus komissiya tuzilgan. Maxsus komissiya tarkibida Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli boshqarmalari, Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi, Mehmonxonalar assotsiatsiyasi vakillari bor.

    Komissiya tomonidan arizalar 5 ish kunida ko‘rib chiqilib, 1 ish kunida ssuda berish yoki ssuda berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Nizom talablariga ko‘ra turoperatorlar va oilaviy mehmon uylari ariza bergunga qadar bir yil davomida faoliyat yuritgan bo‘lishi kerak.

    Ssuda berish to‘g‘risida qabul qilingan qarorni olgandan keyin tadbirkorlar (joylashtirish vositalari, turoperatorlari, turfirmalari rahbarlari) bilan Turizm qo‘mitasi o‘rtasida 5 ish kuni mobaynida tuziladi. Shartnoma tuzilgan kundan besh ish kuni davomida summani qaytarish sharti bilan ssuda mablag‘lari moliyalashtirib beriladi.

    Ma’lumot o‘rnida aytishim kerakki, maqsadli foizsiz ssudalar miqdori joylashtirish vositalari (mehmonxonalarga) har bir yotoq o‘rni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari — 1 115 000 ming so‘mdan beriladi.

    Turoperatorlarga esa 2019-yil davomida olgan ish haqining o‘rtachasining 3 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda beriladi. Bundan tashqari, ssudani olgandan keyin har bir tashkilot bir yil davomida faoliyat yuritish majburiyatini kafolatlaydi. Shu kunga qadar joylashtirish vositalari, turoperatorlarining 57 tasiga maqsadli foizsiz ssudalar berilgan. Nizomga ko‘ra, maqsadli foizli ssudalar 2020-yilning 31-dekabrga qadar berish ko‘zda tutilgan.

    Xurshid Mamasoliyev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasining Moliyaviy tahlil va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i

    Bosh vazir o‘rinbosari va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonga 6,7 million turist tashrif buyurgan. Mamlakatning eksportiga qo‘shilgan ulush miqdori 1,3 milliard dollarni tashkil qilgan.

    2020-yilning yanvar—mart oylarida turizm maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 1,2 million kishini tashkil qilgan. Mazkur ko‘rsatkich 2020-yilning 6 oyi davomida ham o‘zgarmagan.

    Biroq O‘zbekiston 4-sentabrdan beshta davlat  — Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Turkiya bilan xalqaro aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston barcha xalqaro avia, temiryo‘l va transport qatnovlarini tiklanmoqda.  Qarorga ko‘ra, so‘nggi 14 kun davomida “yashil” davlatlar Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlyandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiyada bo‘lib turgan shaxslar to‘g‘ridan to‘g‘ri, “sariq” hamda “qizil” davlatlardan kirib kelayotgan shaxslar ma’lum bir shartlar bilan (so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etgan holda) O‘zbekistonga kiritiladi. Balki shundan keyin turizm yana qayta jonlanib, yo‘qotgan xarajatlarini qisman bo‘lsa-da qoplar? Hali buni vaqt ko‘rsatadi.

    Xonzodabegim A’zamova 

    24.09.2020, 18:59   Izoh (0)   18710
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryolik senator tuman kengashi deputatini savodsizlikda aybladi

    24.09.2020, 18:36

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

    24.09.2020, 18:11

    Navoiylik fuqaro 19 yoshida tug‘ilganlik haqida guvohnoma oldi

    24.09.2020, 17:35

    O‘zbekistonda mart oyidan beri 640 mingga yaqin karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlangan

    24.09.2020, 16:56

    O‘zbekistonda o‘qituvchilarning koronavirusga chalinish statistikasi yashirilyaptimi? Nurmat Otabekov javob berdi

    24.09.2020, 16:34

    Professor Ma’rifat G‘aniyeva vafot etdi

    24.09.2020, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.