UEFA 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.
Avval xabar berilganidek, kuchli uchlikdan Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Robert Levandovski va Manuel Noyer (ikkisi — “Bavariya”) o‘rin oldi.
Shuningdek, top-10 likdan quyidagi futbolchilar joy olgan:
4-5. Lionel Messi (“Barselona”), Neymar (PSJ) – 53 ochko
6. Tomas Myuller (“Bavariya”) – 41 ochko
7. Kilian Mbappe (PSJ) – 39 ochko
8. Tiago Alkantara (“Bavariya”, / “Liverpul”) – 27 ochko
9. Yozua Kimmix (“Bavariya”) – 26 ochko
10. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) – 25 ochko.
Ovoz berish jarayonlarida Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining guruh bosqichida qatnashgan jamoalar murabbiylari, shuningdek, UEFAga mintaqasining 55 nafar jurnalisti qatnashdi.
G‘oliblar 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)