UEFA 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne, hujumchi Robert Levandovski va darvozabon Manuel Noyer (ikkisi — “Bavariya”) da’vogarlik qilmoqda.
G‘olib nomi 1-oktabr kungi Yevropa Chempionlar Ligasi qur’a tashlash marosimida e’lon qilinadi.
De Bryuyne ortda qolgan mavsumda Premyer Ligada 20 ta golli uzatma amalga oshirgan holda, rekordni takrorladi va liga doirasida 13 ta gol urdi.
Levandovski “Bavariya” safidagi 47 o‘yinda 55 ta gol urdi. Polshalik futbolchi jamoasi bilan trebl qayd etishdan tashqari, uchta musobaqa (Germaniya chempionati va Kubogi, YChL) to‘purariga aylandi.
Noyer “Bavariya” safida Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumida faqat bitta o‘yinda gol o‘tkazib yubordi. Chempionlar Ligasida barcha o‘yinlarda maydonga tushib, ularning oltitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)