UEFA tashkiloti 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyiga atalgan sovrin uchun nomzodlarni e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, ushbu sovrin uchun Xans-Diter Flik (“Bavariya”), Yurgen Klopp (“Liverpul”) va Yulian Nagelsmann (“Leypsig”) kurash olib boradi.
Flik ortda qolgan mavsumda “Bavariya” bilan trebl qayd etdi. Bundesligada g‘olib bo‘ldi, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasi bosh sovrinini o‘ziniki qildi. Klopp esa “Liverpul”ga 30 yil kutilgan Angliya chempionligini taqdim etdi. Shuningdek, Yevropa Superkubogida g‘olib bo‘ldi.
Nagelsmann esa “Leypsig”ni o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqdi.
Qayd etish joiz, uchala murabbiy ham germaniyalik hisoblanadi. G‘olib 1-oktabr kuni e’lon qilinadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)