• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “O‘zdonmahsulot”: 2020-yil hosili uchun respublikamiz fermer xo‘jaliklarining 1,2 mln gektar yer maydoniga urug‘lik don qadaldi

    Xirmon to‘lib to‘kildi don

    Nonning ushog‘i ham non

    Har qanday xalqning o‘z taomnomasi va unda asosiy o‘rinni egallaydigan yeguliklar bo‘ladi. Bolajon xalqimiz dasturxonidagi eng tansiq ne’mat nima deb so‘rasangiz, hech ikkilanmay uning markaziga nonni qo‘yish mumkin. Chindan ham bu tabarruk ne’matni hamisha qadrlab ko‘zga suramiz, uning ushog‘ini ham isrof qilmay e’zozlaymiz. Nonga nisbatan bunday insoniy munosabat bolaligimizdan qon-qonimizga singib ketgan.

    Bugun bamisoli bir piyola suvdek qalqib turgan bezovta dunyoda oziq-ovqat, jumladan, nonga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori bo‘lib qolayotganini ko‘rib-bilib turibmiz. Aholi sonining muttasil ortishi, ekologik muvozanatning buzilishi, buning ustiga tabiiy resurslarning borgan sari qisqarishi bu ne’matlarning qadrini bir necha barobarga oshirib yubordi.

    Shukrki, shunday murakkab bir sharoitda o‘z donimiz, o‘z nonimizga egamiz. Davlatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim omillardan biri bo‘lgan mo‘l-ko‘l g‘alla hosilini yetishtirish, un ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish sohasida ishonchli tizim faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘z navbatida xalqimiz dasturxonidagi ma’murlikka sabab bo‘layotir.

    Imkoniyat, imtiyoz, natija

    Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortayotgani xususida bejiz fikr bildirmadik. Ayniqsa, bugungi pandemiya sharoitida ayni holatni yana-da teranroq his qilyapmiz. Aslida shunday murakkab va oldindan prognoz qilish qiyin bo‘lgan beqaror vaziyatlarda tiriklik manbai - oziq-ovqatni g‘amlash, ertangi kundan ko‘ngilni to‘q qilish har bir oilaning tabiiy ehtiyojiga aylanadi. Endi bu fikrni yana-da rivojlantirib, ko‘pmillionli aholiga ega mamlakat misolida olib ko‘rsak-chi? Keling, shu o‘rinda raqamlarga e’tibor qarataylik.

    2020-yil hosili uchun respublikamiz fermer xo‘jaliklarining 1,2 mln gektar yer maydoniga urug‘lik don qadaldi. Bu ish “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi korxonalari tomonidan avans tariqasida, keyin to‘lab berish sharti bilan ularga tarqatilgan 316,1 ming tonna urug‘lik don hisobiga amalga oshirildi.

    Bundan tashqari, fermer xo‘jaliklariga mo‘ljaldagi hosilni yetishtirishda zarur bo‘ladigan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi uchun yonilg‘i moylash materiallari, kimyoviy va mineral o‘g‘itlar sotib olishga davlatimiz tomonidan 3,4 trln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Albatta, taqdim etilgan bunday imkoniyat va imtiyoz o‘z samarasini berdi: respublikamiz bo‘yicha jami 6 mln. tonna yalpi hosil yetishtirishga erishildi.

    Fermer xo‘jaliklari: ulush, don sifati va narx siyosati

    Ba’zan ayrim mualliflarning internetdagi veb-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini go‘yoki fermer xo‘jaliklarining jonkuyari sifatida taqdim etishga urinib, bot-bot “shartnomaviy qaramlik”, mahsulot narxini belgilashdagi “muammo”lar haqida jar solingan maqola va postlariga ko‘zimiz tushadi. Muayyan masalaga yechim izlaganda albatta uning mohiyatini chuqur anglash talab etiladi. Ayniqsa, biror sohani yaqindan o‘rganmay turib, ahamiyati va vazifasini tushunib yetmasdan uning faoliyatini faqat biryoqlama, noxolis baholash adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi.

    Keling, yaxshisi mavzudan chalg‘imay, ba’zi raqamlarga e’tibor qarataylik. Joriy yil dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan hosilning 2,9 mln tonnasi (49 foizi) Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-iyundagi “2020-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tomonidan belgilangan narxlarda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilindi.

    Albatta, yuqorida fermer xo‘jaliklari uchun berilayotgan ulkan imkoniyat (urug‘lik donning avans tariqasida berilishi) va imtiyozlar (yonilg‘i moylash, kimyoviy va mineral o‘g‘itlar uchun atigi 10 foizli kredit!) xususida mulohaza yuritdik. Ana shu preferensiyalarni taqdim etish barobarida yetishtirilgan hosilning 3,1 mln. tonnasi (51 foizi) fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldirildi. Bular shunchaki raqamlar emas, balki yerning haqiqiy egasi bo‘lgan dehqonning peshona teri evaziga topgan qo‘shimcha daromadidir. Va ayni paytda fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qolgan bunday ulkan xirmonni ko‘rib ko‘rmaslikka olish, yurtimiz dehqonlari erishayotgan yutuqdan ko‘z yumish yumshoq qilib aytganda, insofdan emas.

    Yana bir gap. Mamlakatimiz iqlim sharoiti yuqori sifatli don yetishtirish imkonini bermaydi. Bu ilmiy jihatdan isbotlangan va asoslangan haqiqat. Shundan kelib chiqqan holda joriy yil hisobidan yetishtirilgan donning 95,3 foizi 3 sinfga, atigi 4,7 foizi esa 4-5 sinflarga qabul qilindi.

    Kezi kelganda mahsulot narxi haqida ham to‘xtalib o‘tsak. Keling, shu o‘rinda avvalambor, bitta savolga javob izlaymiz. Xo‘sh, “O‘zdonmahsulot” AK don mahsulotlariga narx belgilash vakolatiga egami? Albatta, yo‘q. Kompaniya bunday mas’uliyatli vakolatga ega emas. Davlat ehtiyojlari uchun don qabul qilish va uning sifatini aniqlash jarayonlari bevosita Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Davlat don inspetsiyasi hamda “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladi. O‘zi umuman, davlatga donni xarid qilish nima uchun kerak? Biroz keskin va qat’iy qo‘yilgan bu savolga javobni quyidan izlaymiz.

    Cheklovlar va barqarorlik

    Qayd etish lozimki, pandemiya sharoitida qo‘shni davlatlar tomonidan don va un mahsulotlari eksportiga cheklovlar qo‘yildi. Ya’ni, eksportyor davlatlar tomonidan kiritilgan kvotalar tufayli mahalliy bozorga o‘tgan yillardagiga qaraganda kam miqdorda don va un kirib keldi. Buning natijasida ichki bozorda ushbu mahsulotlarning narxlari sezilarli darajada oshdi.

    Yuzaga kelgan taqchillikning oldini olish maqsadida qisqa fursatda “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar tomonidan qo‘shimcha quvvatlar ishga solindi. Bu esa o‘z natijasini uzoq kuttirgani yo‘q. O‘tgan yilning 8 oyi davomida 952,8 ming tonna un ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 1118,9 ming tonnaga yetkazildi. Boshqacha aytganda, o‘tgan yilgidan ko‘ra 166,1 ming tonna ko‘p un ishlab chiqarildi. O‘z vaqtida ko‘rilgan bu chora provardida ichki bozorda un mahsulotlari narxining keskin oshib ketishining oldini olishga xizmat qildi.

    Yuqorida don sotib olish davlatga nima uchun kerak, degan savolni qo‘ygandik. Shu o‘rinda mazkur savolga javob berish mavridi keldi. Aynan davlat xaridlari uchun sotib olingan don hisobidan non ishlab chiqarish korxonalariga bug‘doy uni maqbul narxda taklif etilmoqda. Buning natijasida aholi uchun hamyonbop un va non mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Misol uchun mamlakatimizda bir dona qolipli nonning narxi 1600-1700 so‘mni tashkil etyapti. Bu, hatto, g‘allani eksport qiladigan davlatlardagi non bahosidan ham bir necha barobar arzondir.

    Yuqoridagilar shunchaki oddiy raqamlar yig‘indisi emas. Aynan ana shu barqaror narx aholining turli qatlamlari, ayniqsa, ko‘p bolali, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, pensionerlar, talabalarning og‘irini oz bo‘lsa-da, yengillashtirish bilan birga ijtimoiy kayfiyatni shakllantirishda ham o‘z aksini topadi.

    Illat bedavomi?

    Modernizatsiya eng yaxshi yechim

    Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashishga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilayotgani sir emas. Boisi hokimiyat va mansab vakolatini suiiste’mol qilish, o‘zlashtirish yoki rastarata yo‘li bilan talon-taroj qilish va boshqa salbiy illatlar tufayli davlat va jamiyat poydevoriga darz ketadi. Shaxsiy boylik orttirish yo‘lida har qanday pastkashlikdan qaytmaydigan nopok kimsalar esa barcha sohada ham uchrab turadi. Afsuski, tizimdagi ayrim korxonalar ham bundan mustasno emas. Holbuki, el rizqiga ko‘z olaytirish - unga xiyonat qilish bilan barobar va bunday kimsalar albatta qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi aniq. Biroq yurt nafratiga duchor bo‘lish hammasidan ko‘ra og‘irroq jazo.

    “O‘zdonmahsulot” AK tizim korxonalarida turli soxtakorlik va korrupsion holatlarning oldini olish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish doimiy nazoratda. Ana shu maqsadda donni qabul qilish, saqlash va qayta ishlashda inson omilini cheklashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohaga raqamli texnologiyalarni tatbiq etish va modernizatsiya tufayli bunga erishish ko‘zda tutilgan. Xususan, tizim korxonalari tasarrufida bo‘lgan don qabul qilish maskanlaridagi donni o‘lchaydigan eski mexanik avtomobil tarozilari zamonaviy elektron tarozilar bilan almashtirildi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida hamda hosil topshiruvchilar jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib-kuzatishlari uchun tarozixonalarda monitorlar o‘rnatildi.

    Gapning indallosi

    Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda don va un mahsulotlari tayyorlash hamda aholiga yetkazib berishga ixtisoslashgan, o‘ta muhim hayotiy ahamiyatga ega tizim yaratilgan. Respublikamiz aholisini sifatli va maqbul narxlardagi don mahsulotlari bilan ta’minlash bundan keyin ham “O‘zdonmahsulot” AKning bosh maqsadi bo‘lib qolaveradi. Zero, el-yurt dasturxonining to‘kinligi iqtisodiy faravonlik asosidir.

    Norali OCHILOV, jurnalist

    Reklama huquqi asosida.

    18.09.2020, 14:01   Izoh (0)   14643
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    LADA Uzbekistan kompaniyasi foydali aksiyani e’lon qiladi

    18.09.2020, 12:00

    Riverside TJMdagi ikki xonali shinam xonadonda keng oshxona-mehmonxona!

    18.09.2020, 09:00

    “MAKTAB” tarif rejasi — har bir o‘quvchi eng qulay sharoitlarda onlayn-ta‘lim oladi!

    17.09.2020, 18:00

    Samsung kompaniyasidan ajoyib aksiya!

    17.09.2020, 15:00

    Seoul Mun: Omadli biznes uchun 5 toifadagi joylar

    17.09.2020, 09:00

    Senator tashabbusi bilan ikkita zamonaviy ta’lim muassasasi qurib berildi

    16.09.2020, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 14:15

    Tramp Eronga 30 mlrd dollarlik yadroviy taklif bermoqchi — CNN

    Dunyo | 27 iyun, 14:00

    Kulolchilik, fokus ko‘rsatish va oshpazlik: mashhurlarning yana qanday yashirin iqtidorlari bor?

    Shou-biznes | 27 iyun, 13:53

    Xabi Alonso “Real”ning himoyasi haqida: “Barcha futbolchilar orqaga qaytishi kerak”

    Sport | 27 iyun, 13:37

    “O‘zgidromet” 28-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini e’lon qildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 13:25

    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud?

    Reklama | 27 iyun, 12:00

    Rossiyada migrant haydovchilarni ishdan bo‘shatish taklif qilindi

    Dunyo | 27 iyun, 13:08

    Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni tugatishga kelishib oldi — OAV

    Dunyo | 27 iyun, 12:33
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.