UEFA hakamlar qo‘mitasi UEFA Superkubogi o‘yinini boshqaradigan hakamlar nomini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, “Bavariya” va “Sevilya” o‘rtasidagi uchrashuvni angliyalik hakam Entoni Teylor boshqarib boradi, qanotlarda unga hamyurtlari Geri Besuik va Adam Nanni yordam beradi. Zaxira hakami esa isroillik Orel Grinfeld.
“Bavariya” Chempionlar Ligasi finalida PSJni mag‘lub etgan bo‘lsa, “Sevilya” Yevropa Ligasining hal qiluvchi o‘yinida “Inter”dan ustun kelgan.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Superkubogi o‘yini 24-sentabr kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)