Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning Korsikada hibsga olingani haqida xabar berilgandi.
Irlandiyalik jangchi jinsiy zo‘ravonlik va axloqsiz harakatlarni amalga oshirishda ayblangandi.
The Sun nashrining xabariga ko‘ra, Konor barlardan birida hojatxonaga ketayotgan erli ayolga jinsiy a’zosini ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor 11-sentabr, juma kuni hibsga olingandi, ammo ertasi kuniga u hech qanday ayblovlarsiz ozod etilgan. Shunga qaramay, hali unga qarshi jinoiy ish yopilganicha yo‘q. U ushbu haftada sudga chaqirilishi mumkin.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)