• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura “1000 ta jo‘ja spektakli” bo‘yicha munosabat bildirdi

    Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan kambag‘al xonadon vakili deb muxbirlarga tanishtirilgan yigit mahalla raisining o‘g‘li bo‘lib chiqqani, bu holatdan sektor rahbari hisoblangan tuman prokurori ham xabardor bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirib o‘tdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan o‘rganish ishlari boshlanganligi ma’lum qilinadi. Natijasi haqida xabar qilinadi”, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

    “1000 ta jo‘ja spektakli”

    “Kun.uz” nashrida 5-sentabr kuni Pastdarg‘om tumani “Qo‘qoni” mahallasida yashovchi Doston Tirkashev bilan intervyu e’lon qilingan. Unda yigit tadbirkorlikni endi boshlagani, sekin-asta oila o‘z imkoniyatlarini tiklab borayotgani, otasi ayni vaqtda Rossiyada (mehnat muhojirligida) ekani yoritilgandi.

    “Ochig‘i, mahalladan bizga har safar yordam berilganda uyalardim, vijdonim qiynalardi... Doimiy ishim bo‘lmagani sababli ro‘zg‘orimizda so‘nggi oylarda ancha yetishmovchilik bo‘lgani rost...”, — degan o‘sha intervyuda Doston. U mahalla vakillari taklifi bilan jo‘ja boqishni boshlagani, “hudud rahbari bo‘lgan tuman prokurori ham kelib, dalda bergani”ni ta’kidlagan.

    “Birinchi safar besh millionga yaqin daromad oldik. Mana bu ko‘rib turganlaringizni boqayotganimga 10 kuncha bo‘ldi. Bu safar besh million sof foyda olishni rejalashtirib turibmiz. Ochig‘i, endi ishimni topdim”, — degan Doston mana shu ish ortidan topilgan pulga oila qurgani, 30 kishilik to‘y o‘tkazganini ham aytib o‘tgan.

    “Kun.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, Doston Tirkashev bularning barini so‘zlab bergan vaqtda mahalla raisi Husniddin Tursunov va tuman prokurori Asror Valiyev ham muxbirlar bilan birga bo‘lgan; o‘shanda prokuror bu xonadonni kambag‘alchilikdan chiqarishga bosh-qosh bo‘layotganini tasdiqlagan.

    Buni mahalla raisi Tursunov ham tasdiqlab, prokuror Dostonning tadbirkorlik qilishiga ko‘maklashayotgani, quduqqa nasos tashlab bergani haqida gapirgan. Bundan tashqari, bu oilaga davlat tomonidan naqd pul ko‘rinishda moddiy yordam berilgani, uyi esa hashar yo‘li bilan ta’mirlangani ham ma’lum qilingan.

    Maqola e’lon qilingach, “Kun.uz” saytiga Doston Tirkashev yashovchi qishloqdan ko‘plab e’tirozlar tushgan. Bu e’tirozlarda Dostonning otasi Rossiyada emasligi, balki aynan shu mahalla raisi (Husniddin Tursunov) ekani ta’kidlangan. Shundan so‘ng nashr muxbirlari yana “Qo‘qoni” mahallasida bo‘lib, e’tirozlar asosli ekanini aniqlagan.

    Shunga qaramay, Doston Tirkashevning ukasi ular mahalla raisining farzandlari ekanini yashirishga urinib, “Dadam Rossiyada, mahalla raisi bu uyda turmaydi”, degan. Husniddin Tursunovning o‘zi esa o‘sha kuni shoshgani, “Temir daftar”ga kiritilgan oila sifatida kimni ko‘rsatishni bilmay qolganini ma’lum qilgan.

    Hokimlik munosabati

    “Kun.uz”da 8-sentabr kuni e’lon qilingan “1000 ta jo‘ja spektakli” haqidagi maqolasi yuzasidan Pastdarg‘om tumani hokimligi munosabat bildirdi. Unda ta’kidlanishicha, “mahalla oqsoqoli mahallasida kambag‘allik bo‘yicha qilingan ishlarni o‘rganishga kelgan muxbirga yolg‘on ma’lumot bergan”.

    “Ya’ni, rais o‘z xonadoniga kirib, bu kam ta’minlangan oilaning uyi ekanini aytgan. Ushbu holat tuman mutasaddilari tomonidan tegishli tartibda tanqidiy muhokama etiladi va jiddiy xulosa qilinadi”, — deyiladi tuman hokimligi munosabatida.

    Mavzuga doir:

    • Bosh prokuratura “Andijoncha spektakl” bo‘yicha ayrim shaxslar jazolangani, mansabdorlar ogohlantirilganini aytdi, biroq ularning kimligini oshkor etmadi
    • Yolg‘on va’da, sakkiz oylik tekin mehnat va tahdidlar. Andijonlik ayollar xotirjam yashashi uchun yana qancha qiynalishi kerak?
    • Prezidentga “andijoncha spektakl” qo‘yilgani rostmi?

    08.09.2020, 16:36   Izoh (0)   40748
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 19 yoshli haydovchi Lacetti’da 7 yoshli bolani urib yubordi. Bola voqea joyida vafot etdi

    08.09.2020, 16:23

    Namanganda yangi tuman tashkil etilmoqda

    08.09.2020, 16:11

    Nurmat Otabekov: “To‘rt oy nimalarni gapirib bergan bo‘lsam, barchasini o‘zimda kuzatdim”

    08.09.2020, 15:58

    O‘zbekistonda avtomobilning sug‘urtasi yo‘qligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirish amaliyoti bekor qilinishi mumkin

    08.09.2020, 15:34

    Qonunchilik palatasi Toshkent shahrida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi

    08.09.2020, 15:10

    O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha sentabr oyiga belgilangan charter reyslar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi

    08.09.2020, 14:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.