Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uy bekalari uchun tez tayyor bo‘ladigan retseptlar bilan bo‘lishishda davom etamiz. Oladyelar nafaqat kattalar, balki bolajonlar uchun ham sevimli bo‘lishiga shubha yo‘q.

Foto: SM News

Foto: SM News

Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Un — 100 gr
  • Qatiq yoki kefir — 125 ml
  • Tuxum — 1 dona
  • Ichimlik sodasi — 0,5 choy qoshiq
  • O‘simlik yog‘i — 2-3 osh qoshiq
  • Kolbasa — 150 gr
  • Pishloq — 80 gr
  • Shakar
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qatiq yoki kefirni idishga soling, tuxum chaqing va sanchqi bilan yaxshilab aralashtiring.
  • Un, soda, shakar, tuz qo‘shing.
  • Yaxshilab aralashtirgandan so‘ng aralashmani 15 daqiqaga qoldiring.
  • Kolbasani dumaloq plastinka, pishloqni qalinroq somoncha shaklida to‘g‘rang.
  • Kolbasa ustiga, pishloq qo‘ying va ustidan yana bir bo‘lak kolbasa qo‘ying.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovaga 1 osh qoshiq aralashma soling.
  • 1 daqiqadan keyin pishloqli kolbasa bo‘lagini soling.
  • 3 daqiqadan keyin kolbasa ustidan yana 1 osh qoshiq aralashma quying (kolbasaning chetlari ochiq qolmasligi kerak).
  • Ikkinchi tomonini ham 2-3 daqiqa davomida qovurib oling.
Nonushta tayyor, yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi