Daryo

Lavlagidan ozdiruvchi va tetiklashtiruvchi sharbat tayyorlaymiz

Ushbu sharbat organizmni, xususan, jigarni tozalashda ham samarali hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish83 243 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Grand kulinar”

Lavlagi xalq tabobatida ko‘plab kasalliklarni oldini olish, ovqat hazm qilishni yaxshilash va profilaktik maqsadlarda qo‘llaniladi. Undan tayyorlangan taom, salat va ichimliklar foydali va vitaminlarga boy bo‘ladi.

Foto: “Grand kulinar”

E’tiboringizga tetiklashtiruvchi vitaminlarga boy lavlagili sharbat retseptini taqdim qilamiz.

Kerakli mahsulotlar:
  • Lavlagi — 1 dona
  • Sabzi — 2 dona
  • Olma — 1 dona
Tayyorlanish jarayoni:
  • Meva va sabzavotlarni yuvib, tozalang,
  • Mahsulotlarni kubik shaklida kesib, sharbatini siqib oling.
  • Sharbatga ta’bga qarab limon suvini ham qo‘shish mumkin.
Tayyor ichimlikni darhol ichish kerak, shunda yanada foydaliroq bo‘ladi. Lavlagili sharbat organizmni, xususan, jigarni tozalaydi hamda vazn tashlashda samarali yordam beradi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar