“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
08:24, 02.07.2020 12152

Qahva va banandan yaxna smuzi tayyorlang

Jazirama kunlarda, ayniqsa, nonushta uchun muzdekkina smuzidan a’losi yo‘q.

Foto: Getty Images

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Banan — 2 dona
  • Sut —0,5 stakan (1% li sutdan foydalanish tavsiya qilinadi)
  • Qahvali yogurt (boshqa yogurtdan ham foydalanish mumkin)
  • Muskat yong‘og‘i —1 choy qoshiq
  • Yalpiz

Tayyorlanish jarayoni:

  • Bananni bo‘laklarga bo‘lib, muzlatkichga qo‘ying.
  • Banan, yogurt, yong‘oq va sutni blenderda aralashtirib oling.
  • Aralashmani stakanga solib, yalpiz bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ