Vitaminlarga boy mazkur taomni pishirib ko‘rib, ketgan vaqtingizga achinmaysiz.
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Qovoq — 200 gr
- Qaymoq (10 foizli) — 200 ml
- Kartoshka — 100 gr
- Bulg‘or qalampiri — 100 gr
- Piyoz —1 dona
- Pishloq — 50 gr
- Suv yoki bulyon — 1 l
- Quritilgan petrushka — 1 choy qoshiq
- Tuz, murch ta’bga ko‘ra
- Sabzavotlarni “kubik” shaklida to‘g‘rab qozonga soling.
- Issiq suv yoki bulyon solib 20 daqiqa qaynating.
- Blender bilan bir massa holatiga kelgunicha aralashtiring.
- Taomga qaymoq, petrushka, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq soling.
- Tuzlang, murch seping va yana 5 daqiqa qaynating.
- Taomni quritilgan non bo‘laklari bilan dasturxonga tortish tavsiya qilinadi.
Izoh (0)