• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ikki ot jilovini tutganlar. Parallel 2 ta lavozimda ishlash O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari uchun foydali bo‘lganmi?

    O‘zbekiston terma jamoasida shu vaqtga qadar ko‘plab murabbiylar faoliyat yuritgan. Biroq ularning aksariyati mamlakatning bosh jamoasiga ustozlik qilish barobarida parallel ravishda boshqa jamoa yoki klublarda faoliyat yuritgan.

    Kollaj: “Daryo”

    Kollaj: “Daryo”

    Jahon tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, o‘z vaqtida Valeriy Lobanovskiy SSSR termasi va Kiyevning “Dinamo”sini bir vaqtda boshqargan. O‘tgan asrning 80-yillarida esa Fransisko Maturana Kolumbiya terma jamoasi va “Nasional” klubini boshqargan. Bu tayinlovlar asosan terma jamoani bir klub bazasi asosida qurishga qaratilgandi.

    Yuqoridagi holatga qarama-qarshi misol tariqasida Gus Hiddinkning “Chelsi” klubi va Rossiya terma jamoasida parallel ish olib borganini aytish mumkin. Undan avval niderlandiyalik mutaxassis PSV da ishlab turib, dunyoning ikkinchi yarmidagi Avstraliya terma jamoasini boshqargandi.

    “Daryo” quyida bir vaqtning o‘zida “ikkita otning jilovini tutgan” O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiylari va ular qayd etgan natijalarni taqdim etadi:

    Rustam Mirsodiqov (1997-yil) — MXSK bilan O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqqan Mirsodiqov o‘sha yili terma jamoa bosh murabbiyiga aylanadi va klubdagi faoliyatini ham davom ettiradi. Mutaxassis JCh—1998 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz natija uchun iste’foga chiqariladi.

    Mirsodiqovning O‘zbekiston terma jamoasidagi statistikasi: 12 o‘yin, 5 g‘alaba, 3 durang, 4 mag‘lubiyat.

    Ubirajara Veyga da Silva (1997–1998-yillar) — braziliyalik mutaxassis 1997-yilda “Paxtakor”ga yordamchi murabbiy sifatida tayinlanadi. O‘sha yilning oktabr oyida O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ladi. Jamoa uning qo‘l ostida JCh—1998 saralash bosqichidagi so‘nggi ikkita o‘yinda qatnashadi (Qozog‘iston 4:0 va BAA 0:0). 1998-yilning yanvarida Veyga “Paxtakor” bosh murabbiyiga aylanadi va shu bilan birga terma jamoadagi ishini ham davom ettiradi. Uning jamoasi Tailandagi Osiyo o‘yinlariga amaldagi chempion maqomida boradi chorak finalda mag‘lubiyatga uchraydi. Shundan keyin braziliyalik mutaxassis iste’foga chiqariladi.

    Veyganing statistikasi: 12 o‘yin, 8 g‘alaba, 2 durang, 2 mag‘lubiyat.

    Mahmud Rahimov (1999-yil) — 1999-yil Samarqandning “Dinamo”siga bosh murabbiy bo‘lgan Rahimov o‘sha yili O‘zbekiston terma jamoasini ham qabul qilib oladi. Uning qo‘l ostidagi terma jamoa Osiyo Kubogi—2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etadi va nomdor BAAni ortda qoldirib, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Biroq Rahimov 1999-yil dekabr oyida Samarqand yaqinida avtohalokatga uchrab olamdan ko‘z yumadi.

    Mahmud Rahimov statistikasi: 6 o‘yin, 6 g‘alaba.

    Yuriy Sarkisyan (2000-yil) — Rahimovning fojiali o‘limidan keyin terma jamoa boshqaruviga “Neftchi”ning afsonaviy murabbiyi tayinlanadi (unga qadar orada Viktor Borisov va Pavel Sadirin bir martadan terma jamoa o‘yinlarida ustozlik qiladi). Biroq Sarkisyan qo‘l ostidagi terma jamoa Osiyo Kubogi—2000 da o‘ta muvaffaqiyatsiz qatnashadi. Buning isboti sifatida terma jamoa tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni yodga olish kifoya — Yaponiyadan 1:8.

    Sarkisyanning terma jamoadagi statistikasi: 5 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang, 3 mag‘lubiyat.

    Valeriy Nepomnyashchiy (2006-yil) — Bob Haftonning kutilmagan iste’fosidan keyin rossiyalik mutaxassis O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga tayinlanadi. Nepomnyashiy o‘sha vaqtda O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan “2+2” ko‘rinishidagi shartnoma imzolaydi. Shu bilan birga mutaxassis “Paxtakor” bilan ham xuddi shu ko‘rinishda bitim tuzadi.

    Nepomnyashiy O‘zbekiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogi—2007 saralash bosqichida ishtirok etadi va guruhda ikkinchi o‘rinni olib, musobaqaga yo‘l oladi. Mutaxassis “sherlar” bilan Chempionlar Ligasida guruhda qolib ketadi va avgust oyida u yerni tark etadi. Shuningdek, u sog‘lig‘idagi muammolar sabab O‘FFdan ham iste’fo so‘raydi, biroq Nepomnyashiy saralash bosqichini oxirigacha yakunlab, noyabr oyida ishdan ketadi.

    Nepomnyashiyning statistikasi: 6 o‘yin, 3 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat.

    Vadim Abramov (2010—2012-yillar) — 2010-yilda terma jamoa boshqaruviga kutilmaganda hali hech qanaqa jiddiy yutuqlarga erishmagan Abramov tayinlanadi. U o‘sha vaqtda bor e’tiborini terma jamoaga qaratish uchun “Lokomotiv”dagi ishini tashlaydi. Mutaxassis terma jamoa bilan Osiyo Kubogi—2011 musobaqasida yarim finalga qadar yetib boradi va final ostonasida Avstraliyaga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ladi. Bundan tashqari uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda Janubiy Koreyaga imkoniyat boy beriladi (2:3). Biroq Abramovning bu natijasi O‘zbekiston terma jamoasi uchun Osiyo Kubogi tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

    Qatardagi musobaqadan so‘ng 2011-yilning martida Abramovga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi topshiriladi. Shu tariqa u ikkita terma jamoada faoliyat yuritadi. Biroq uning qo‘l ostidagi olimpiyachilar London—2012 Olimpiadasiga bir qadam qolganda yo‘llanmani qo‘ldan boy beradi. Abramov terma jamoa bilan JCh—2014 saralash o‘yinlarida ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichning so‘nggi o‘yini oldidan Abramov shogirdlari “o‘z oyog‘iga bolta uradi”. Guruh masalasini hal qilgan jamoa 5-turda Tojikistonga qarshi o‘ynaydi. Unda avvalgi o‘yinlarda sariq kartochka olgan olti nafar o‘yinchi so‘nggi tur o‘yinini o‘tkazib yuborgan holda, hal qiluvchi bosqichga “toza” bo‘lib borish uchun qayta sariq kartochka oladi. FIFA bu masalani bee’tibor qoldirmaydi va o‘yinchilarni bitta emas ikkita o‘yinga chetlatadi. Natijada uchinchi saralash bosqichining ilk o‘yinida O‘zbekiston Eronga qarshi bir qator asosiy tarkib o‘yinchilarisiz tushadi va so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, alamli mag‘lubiyatni qabul qiladi. Shundan keyin Abramov iste’foga chiqariladi.

    Abramovning 2010—2012-yillardagi statistikasi: 28 o‘yin, 11 g‘alaba, 5 durang, 12 mag‘lubiyat.

    Mirjalol Qosimov (2012—2015-yillar) — Abramovning o‘rniga tayinlangan mutaxassis bu safar (Qosimov Abramovdan oldin ham terma jamoani boshqargandi) “Bunyodkor”dagi ishi bilan parallel ravishda terma jamoaga ustozlik qiladi. U bilan O‘zbekiston 3-saralash bosqichida 3-o‘rinni qo‘lga kiritadi va Iordaniyaga qarshi o‘tish o‘yinida penaltilar seriyaga ko‘ra mag‘lub bo‘lib, JCh—2014 bilan rasman xayrlashadi. Qosimovning o‘zi terma jamoani 2015-yilning yozida tark etadi.

    Mirjalol Qosimovning terma jamoadagi umumiy statistikasi: 54 o‘yin, 22 g‘alaba, 15 durang, 17 mag‘lubiyat.

    Samvel Babayan (2015—2017-yillar) — iyun oyida Qosimovdan keyin terma jamoa boshqaruviga kelgan Babayan o‘sha yilning noyabr oyida parallel ravishda olimpiya terma jamoasi boshqaruvini ham o‘z qo‘liga oladi. Biroq olimpiyachilar Qatardagi Osiyo Chempionatida guruhda qolib ketadi va Rio Olimpiadasi yo‘llanmasidan quruq qoladi. Terma jamoa esa JCh—2018 hal qiluvchi saralash bosqichida guruhda 4-o‘rinni egallaydi va yana mundialga chiqa olmaydi. Shunday keyin Babayan iste’foga chiqariladi.

    Babayanning terma jamoadagi statistikasi: 24 o‘yin, 16 g‘alaba, 2 durang, 6 mag‘lubiyat.

    Vadim Abramov (2019—hozirgacha) — Ektor Kuper iste’fosidan keyin terma jamoani yana bir bor qabul qilib olgan Abramov ayni vaqtda “Bunyodkor”dagi ishini ham davom ettirmoqda. Terma jamoa uning qo‘l ostida hozirga qadar uch g‘alabaga erishdi va bir bor mag‘lub bo‘ldi.

    Ravshan Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov (2020-yil...)

    Shuningdek, hozirda yoshlar va o‘smirlar terma jamoalariga ustozlik qilayotgan mutaxassislar ham qo‘shimcha ishga ega. U-19 bosh murabbiyi Temur Kapadze yaqinda “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyayevga assistent bo‘ldi, bundan tashqari u milliy jamoada rasman Abramovga yordamchi hisoblanadi. O‘zbekiston U-14 terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov ham bir vaqtning o‘zida ham milliy ham U-19 jamoalarini shug‘ullantirib turgan vaqtlar ham bo‘ldi. Ammo Jeparov ushbu jamoalarda rasmiy maqomga ega emas. Har holda O‘FA rasmiy saytida bu haqida ma’lumot berilmagan.

    U-22 ustozi Ravshan Haydarov esa ayni damda “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi ham hisoblanadi.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    03.09.2020, 18:00   Izoh (0)   19658
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Millatlar Ligasi: reglament, qatnashchilar va taqvim. Musobaqa haqida nimalarni bilish kerak?

    03.09.2020, 17:38

    Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston Usmon Toshev qo‘l ostidagi Tojikistonga qarshi. Barchasi O‘zbekiston—Tojikiston o‘yini haqida

    03.09.2020, 16:00

    O‘zbekistonda tug‘ilgan Botir Ahmedov 6-sentabr kuni prof boksdagi 8-jangini o‘tkazadi. Botir WBA reytingida Shahram va Shohjahonni ortda qoldirmoqda

    03.09.2020, 15:00

    Serxio Ramos: Agar Messi qolsa, “Real” uchun ham yaxshi bo‘ladi

    03.09.2020, 14:00

    Garet Beyl: Men futbol o‘ynamoqchiman, “Real” esa vaziyatni murakkablashtirmoqda

    03.09.2020, 13:07

    “Barselona” prezidenti Messi transferi borasida hech bir klub bilan muzokara olib borilmasligini ma’lum qildi

    03.09.2020, 12:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Indoneziyada Leotobi vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 18 iyun, 17:50

    Xorazmda Tico ag‘darilib ketishi oqibatida 18 yoshli yigit halok bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyun, 17:40

    AQSHda o‘lgan ayol farzand dunyoga keltirdi

    Dunyo | 18 iyun, 17:31

    “Pokistondagi sulhda AQSHning vositachiligi bo‘lmagan” — Narendra Modi

    Dunyo | 18 iyun, 17:22

    Mohidavronning sodiq xizmatkori — Gulshoh xotun obrazi bilan tanilgan Nihan Buyukaach haqida nimalar ma’lum?

    Kino | 18 iyun, 16:57

    “Toshkent-Sharqiy” aeroportida yuqori martabali mehmonlar hamda biznes-aviatsiya uchun ikkita terminal qurilmoqda

    O‘zbekiston | 18 iyun, 16:50

    “Andijon” klubining qiymati 31 mlrd so‘mni tashkil etadigan yangi mashg‘ulot bazasi ochildi (foto)

    Sport | 18 iyun, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.