• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 28-avgust kuni 376 kishida koronavirus aniqlandi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yana yangilandi

    O‘zbekistonda 27-avgust soat 23:30 dan 28-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 376 ta holat qayd etildi. Ketma-ket to‘rtinchi kun kasallanganlar soni 400 nafarga yetmayapti. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 40823 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 303, “Daryo” hisobi bo‘yicha 312 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 303, “Daryo” hisobi bo‘yicha 312 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 376 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 256 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 92 nafar;
    • Namangan viloyatida — 11 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 8 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 5 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 4 nafar.
    Kun davomida 6 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlangani, karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda ushbu raqam nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etdi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

    Toshkent shahrida 256 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (25-avgust) 61 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlar bilan birga) 10 506 ta yangi holat aniqlandi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 24 921 nafarga yetdi. O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 61 foizi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Toshkent viloyatida 92 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 26-iyuldan buyon to‘rtinchi marta kasallanish holatlari 100 taga yetmadi, ulardan uchtasi oxirgi 3 kunga to‘g‘ri keldi. Avgust oyining 28 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 4198 kishiga ko‘paydi, bu viloyatdagi umumiy kasallanish holatlarining 60,6 foiziga tengdir.

    Namangan viloyatida 11 kishida koronavirus qayd etildi. Avgust oyining 16 kunida Namanganda yangi kasallanish holatlari ro‘yxatga olingan. Bu kunlarda jami 158 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatdagi jami kasallanganlar soni 903 nafarga yetdi. Namangan viloyati koronavirusga chalinganlar soni 900 nafardan oshgan O‘zbekistondagi 7-hudud bo‘ldi.

    Samarqand viloyatida 8 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyining ortda qolgan 28 kunidan 22 tasida Samarqandda yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Bu kunlarda 742 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda jami kasallanish holatlarining (1680 ta) 44 foizi aynan avgust oyiga to‘g‘ri keldi.

    Surxondaryo viloyatida 5 kishida COVID-19 qayd etildi. Avgust oyida viloyatda 92 kishida kasallik qayd etildi. Bu Surxondaryodagi jami kasallanish holatlarining 14,6 foiziga tengdir.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu hududda 24-avgustdan beri endi yangi holatlar ro‘yxatga olindi. Respublikada avgust oyida 92 kishida COVID-19 qayd etildi, bu Qoraqalpog‘istondagi jami kasallanish holatlarining 20 foiziga tengdir.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 63 yoshli M.K. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 59 yoshli M.U. ismli ayol vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashagan 74 yoshli R.U. ismli ayol vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 56 yoshli S.U. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 70 yoshli Sh.U. ismli ayol vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 303 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 312 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2573 nafar bemordan 301 nafari og‘ir, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 433 nafardan 412 nafarga tushgandi, endi esa 432 nafarga yetdi. Hozirda davolanishni davom ettirayotganlarning 16,8 foizining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi. Bu oxirgi 11 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    Kasallikdan davolanish

    28-avgust kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 747 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Avgust oyida 25-marta sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

    Yangi tuzalganlarning

    • 536 nafari Toshkent shahrida;
    • 156 nafari Toshkent viloyatida 156 nafar;
    • 21 nafari Samarqand viloyatida;
    • 16 nafari Namangan viloyatida;
    • 10 nafari Xorazm viloyatida;
    • 6 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40823 nafar bemordan 37947 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi pandemiya davrida birinchi marta 93 foizgacha ko‘tarildi. Bu yangi rekord hisoblanadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 2573 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni ikki oy ichidagi minimumga tushdi — 28-iyun kuni 2597 nafar bemor koronavirusdan davolanayotgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 1914 nafar. Farg‘onada 2, Jizzaxda 7, Xorazmda 9, Qoraqalpog‘istonda 12, Navoiyda 12, Andijonda 22, Surxondaryoda 22, Sirdaryoda 26, Qashqadaryoda 35, Buxoroda 39, Namanganda 42, Samarqandda 103 va Toshkent viloyatida 328 nafar bemor qoldi.

    Toshkent shahrida koronavirusdan davolanayotganlar soni 27-iyundan buyon birinchi marta 2000 nafardan kamaydi. Toshkent shahrida davolanish ko‘rsatkichi 91 foizni tashkil etmoqda, qolgan hududlarda bu natija 92 dan 99 foizgacha yetgan.

    28.08.2020, 23:59   Izoh (0)   134925
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi

    28.08.2020, 23:48

    O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlarining abonentlari SIM-karta raqamini boshqa kompaniyaga o‘tkazganda ham saqlab qolishi mumkin

    28.08.2020, 23:37

    Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samaraga har hafta poyezd jo‘natiladi

    28.08.2020, 23:20

    Mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev chet el fuqarolari va xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklarni mukofotladi

    28.08.2020, 23:04

    O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan bir qator davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlari mukofotlandi

    28.08.2020, 22:58

    Jahon banki Doing Business reytingini e’lon qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga avvalgi reytinglardagi xatoliklar sabab bo‘lgan

    28.08.2020, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57

    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi

    Reklama | 29 may, 21:00

    “Rossiya va Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir-biriga turli talablar qo‘ymoqda” — Turkiya tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 29 may, 21:25

    Qozog‘istonda ilk CryptoCity kripto hududi tashkil etiladi

    Markaziy Osiyo | 29 may, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.