Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tog‘li Badaxshon viloyatining Darvoz tumanida Vamar Land nomli bolalar ko‘ngilochar xiyobonini ochib berdi. Xiyobon tumanning 11 nafar tadbirkori tashabbusi bilan qurilgan. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.
Bolalarning sayr qilishi va dam olishi uchun xiyobonda 10 turdagi attraksion o‘rnatilgan.
Shuningdek, Vamar Land’da Eyfel, Piza minoralari, Big Ben soati nusxalari o‘rnatilgan, Vasiliy Blajen ibodatxonasi, Buyuk Xitoy devori va Registon maydoni qurilgan.
Izoh (0)