• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning har bir hududida sanoat klasterlari tashkil etiladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust, chorshanba kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning birinchi yarmida “O‘zeltexsanoat”, “O‘zavtosanoat”, to‘qimachilik, charm-poyabzal, metallurgiya, elektr energiyasi tarmoqlarida o‘sishga erishilgan. Qo‘rg‘ontepa, Qumqo‘rg‘on, Romitan, Muzrabot, Izboskan, Norin va Yangibozor tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmi bir necha barobar ko‘paygan.

    Lekin, umumiy hisobda olganda, birinchi yarim yillikda sanoat mahsuloti hajmi 167 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan 1,9 foizga kamaygan.

    Tahlillarga ko‘ra, qolgan olti oyda 229 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarib, yil yakunigacha bu boradagi ko‘rsatkichni 3,5 foizga oshirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Buning uchun hozirgi murakkab va favqulodda holatdan kelib chiqib, sanoat siyosati, ish uslubi va yondashuvlarni o‘zgartirish, raqobatbardosh tovarlar zanjirini tashkil etish zarur.

    Videoselektor yig‘ilishida shu boradagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Eng avvalo, hududlar va tarmoqlar yaqin hamkorlikda ishlashi muhimligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Misol uchun, Qoraqalpog‘istonda ikkinchi yarim yillikda 7,8 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 5 ta yirik loyihani foydalanishga topshirish mo‘ljallangan. To‘qimachilik, kimyo tarmoqlaridagi bu loyihalar hisobidan 500 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

    Prezident sanoat klasterlarini yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida ahamiyat qaratdi.

    Misol uchun, Namanganda to‘qimachilik va u bilan bog‘liq tarmoqlar, Navoiy viloyatida qurilish va bezak materiallari, Toshkent viloyatida farmatsevtika, Toshkent shahrida elektronika va mebel bo‘yicha sanoat klasterlarini tashkil etish uchun tadbirkorlik muhiti shakllangan. Lekin, shu bilan birga, raqobatdosh mahsulot chiqarish uchun klasterda ilm, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlari bo‘lishi kerak.

    Bosh vazir o‘rinbosariga ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish, har bir hududda sanoat klasterlarini tashkil etish vazifasi yuklatildi.

    Pandemiya oqibatida 11 mingta sanoat korxonasining daromadi tiklangani yo‘q. Ularning asosiy qismi to‘qimachilik, oziq-ovqat, mebelsozlik, metall buyumlar, qurilish materiallari korxonalaridir.

    Shu bois, to‘liq quvvatda ishlamayotgan korxonalarni jonlantirish, ularga borib, xomashyosi, aylanma mablag‘i, mahsulot bozori bilan bog‘liq masalalarga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Hokimlar sanoat bilan shaxsan shug‘ullanishi kerakligi ta’kidlandi.

    Iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash, barcha loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish masalalari atroflicha muhokama etildi. Rejadagi 133 ta loyiha ishga tushmagani, yana 261 tasi to‘liq quvvatga yetmagani, oqibatda 1,1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilmay qolgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu boradagi kamchiliklar viloyatlar kesimida tahlil qilinib, ularni hal etish choralari belgilandi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan 31 ta klaster tashkil etiladi
    • Pop va Chustda jun yetishtirish va qayta ishlash klasteri tuziladi, 1,5 ming xonadonga 20 mingta qo‘y va echki tarqatiladi
    • Shavkat Mirziyoyev videokonferensaloqa orqali Zangiota tumanidagi farmatsevtika klasteri qurilishini boshlab berdi

    12.08.2020, 20:20   Izoh (0)   20099
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda ijtimoiy masofani saqlagan holda spektakl, kino va konsertlarni o‘tkazishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

    12.08.2020, 19:52

    Toshkent viloyatida qiymati 91,5 mln so‘mlik qo‘chqorlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

    12.08.2020, 19:41

    O‘zbekistonga xorijdan kelganlar uchun karantin muddati 7 kungacha qisqarishi mumkin

    12.08.2020, 19:26

    So‘x va Farg‘ona shahri o‘rtasidagi aviaqatnovlar “An-2” samolyoti va “Mi-8” vertolyotida kuniga 2 martadan amalga oshiriladi

    12.08.2020, 18:47

    O‘zbekistonda 20-avgustdan buyum bozorlari va savdo majmualari qayta ishga tushadi

    12.08.2020, 18:34

    Qibrayda chamadon ichidan o‘lik holda topilgan erkakni o‘ldirganlikda gumonlanib 2 kishi qamoqqa olindi

    12.08.2020, 18:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.