Ispaniyadagi La-Korunya universiteti hamda Kanar orollaridagi Astrofizika tadqiqot instituti olimlari “Somon yo‘li” galaktikasi chegarasida yangi yulduzlar turkumi aniqlanganini ma’lum qildi, deb xabar beradi New Atlas.
Kosmik jismlar fosforga boy, shuningdek, tarkibida magniy, kremniy, kislorod, alyuminiy va seriy mavjud.
Olimlarning ta’kidlashicha, mazkur kashfiyot olamshumul hisoblanadi, chunki bu kabi yulduzlar turkumi birinchi bor aniqlanmoqda.
“Biz nafaqat yangi obyektlar turkumi bilan ish olib boryapmiz, balki ularning kashf etilishi yulduzlar interyerlarida hosil bo‘ladigan yangi fizik mexanizmlar va yadroviy reaksiyalarga yo‘l ochadi”, — deydi tadqiqot guruhi rahbari Tomas Masseron.
Mutaxassislar hozirda yangi yulduzlar turkumini o‘rganishga kirishib ketgan va ular qay tarzda evolyutsiyaga uchragani hamda o‘z yadrolarida elementlarni qanday sintezlashini tushinishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Savr yulduzlar turkumiga kiruvchi samo kengligida kutilganidanda ko‘proq sayyoralar paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)