Olimlar oq mitti portlash sodir bo‘lgan noyob kosmik hodisani qayd etdi, deb yozadi Phys.org.
Somon yo‘lidan 140 million yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan SN2019yvq kosmik jismi 2019-yilning dekabrida aniqlangan.
Yulduz ikkitalik tizimda paydo bo‘lgan va la turiga oid hisoblanadi. Bu kabi yangi yulduzlar qo‘shni yulduzni o‘ziga tortadi. Biroq astronomlar juda ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiqqanini ko‘rsatuvchi ultrabinafsha portlashni qayd etgan. Bu kabi hodisa oldinlari faqat bir marotaba qayd etilgan.
Taxminlarga ko‘ra, ushbu portlash yangi yulduz yadrosidagi qizigan radioaktiv materialning yuqoriroqda joylashgan qatlamlar bilan aralashishi natijasida yuzaga kelgan. Astronomlarning ta’kidlashicha, hodisaning sodir bo‘lishiga boshqa sabablar ham turtki bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Gavayi universiteti Astronomiya instituti olimlari ulkan kosmik “devor”ni aniqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Astronomlar “yulduzlar YTHsining” yangi turini ochdi
Izoh (0)