Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvlarining eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, “Sevilya” himoyachisi Serxio Regilon haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Futbolchi “Roma”ga qarshi o‘yinda (2:0) jamoasining g‘alaba to‘piga mualliflik qildi.
Ispaniyalik futbolchi bu yo‘lda “Vulverhempton” darvozaboni Rui Patrisiu, “Kopengagen” hujumchisi Yonas Vind va “Shaxtyor” hujumchisi Junior Morayesni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, 23 yoshli Serxio Regilon Ispaniya chempionatning 2019/20-yilgi mavsumida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer huquqi Madridning “Real”iga tegishli.
“Sevilya” esa Yevropa Ligasining chorak final bosqichida Angliyaning “Vulverhempton” klubi bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv 11-avgust sanasiga belgilangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)