“Napoli” yarim himoyachisi Lorenso Insinye Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida “Barselona” (1:3) darvozini ishg‘ol qilishga erishdi.
Insinye faoliyati davomida bir marta bo‘lsa ham Chempionlar Ligasida “Real”ga “Santyago Bernabeu”da va “Barselona”ga “Kamp Nou”da gol urgan ilk italiyalik futbolchiga aylandi.
29 yoshli futbolchi 2017-yilning fevral oyida Mariddagi o‘yinda uzoq masofadan Keylor Navasni dog‘da qoldirgandi (1:0).
Insinye A Seriya joriy mavsumida 37 o‘yinda maydonga tushib, 8 gol va 11 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)