PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa mashg‘ulotlari vaqtida jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mutaxassisning boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inda chiqish kuzatilgan. Shuningdek, uning oyoq kafti suyagi singan.
12-avgust kuni PSJ Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida “Atalanta” bilan o‘ynaydi. Parijliklar matbuot xizmati Tuxel mazkur o‘yinda qatnashish yoki qatnashmasligi haqida ma’lumot bermagan.
Avvalroq PSJ himoyachisi Leven Kurzava va yarim himoyachi Marko Verratti mashg‘ulotlar vaqtida olgan jarohati bois safdan chiqqandi. Fransiya Kubogi finalida jarohat olgan Kilian Mbappe esa yakkalik mashg‘ulotlarni boshlagan.
Mavzuga doir: Kilian Mbappening jarohati qay daraja jiddiy ekani ma’lum bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)