Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya Kubogi finalidan o‘rin olgan “Sent-Etyenn”ga qarshi bahsda (1:0) jarohat oldi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida “Sent-Etyenn” futbolchisi Loik Perren o‘ta qo‘pol qoida buzish bilan Mbappeni to‘xtatib qoldi. Natijada 21 yoshli futbolchi o‘yinni davom ettira olmadi va maydonni tark etdi.

Foto: Goal

Foto: Goal

Ushbu to‘qnashuvdan keyin har ikki jamoa vakillari o‘rtasida ommaviy tortishuv boshlanib ketdi. Hakam videotakrorlardan so‘ng Perrenga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Biroz vaqt o‘tib Mbappe hassaga tayangan holda zaxira o‘rindig‘iga qaytdi va jamoasi bilan sovrinni nishonladi.

Foto: Goal

Foto: Goal

PSJ futbolchining jarohati borasida hali rasmiy ma’lumot bermadi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Kilian jiddiy jarohatdan qutulib qolgan. Yakuniy xulosalar tibbiy ko‘rikdan keyin ma’lum bo‘ladi.

Mazkur o‘yinda PSJ Neymarning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi va o‘z tarixida 13 marta Fransiya Kubogiga ega chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?