• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Koronavirusni davolashda ‘kapelnitsa’ qo‘ymang!”. Bloger noto‘g‘ri davolanishi oqibatida og‘ir pnevmoniyani boshdan kechirgani haqida

    Telegram’dagi “Na begu” kanali muallifi Malik Karimov koronavirusga chalinib, noto‘g‘ri davolanishi oqibatida pnevmoniyaning og‘ir shaklini boshdan kechirganini so‘zlab berdi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    “Do‘stlar, hayotimning so‘nggi ikki haftasi mushkul dard bilan kurashda kechdi. Men bu haqida batafsil, katta bir post yozishni ham boshlagandim, lekin ko‘pchilikni ogohlantirish, hayotlarini saqlab qolish mumkinligi sababli boshimdan o‘tkazganlarimni oraliq postda yozishga qaror qildim. Chunki har daqiqa, insonlar umri g‘animat!

    Dastlabki bosqichda o‘pka zararlanishi 20 foizgacha yetganini bilganimizda, ilk kunlardanoq yurtimizning yetakchi pulmonologlari tavsiyalariga ko‘ra muolajani boshladik.

    Omadim kulgan ekan, ayolim va ikkinchi onam – vrach, shu sababli biz eng mushkul chaqiriqlarga ham tayyor edik. Mening jismoniy holatim, triatlon va yugurish bilan muntazam shug‘ullanishim kasallikni yengil shaklda o‘tkazishga yordam berishiga chindan amin edim.

    Ammo keyin aniq bo‘lishicha, ko‘plab vrach va mutaxassislar kasallik rivojlanish mexanizmini hisobga olmay, koronavirusni noto‘g‘ri davolashga urinishar ekan. Sog‘liqni saqlash vazirligida bor ma’lumotlarga qaramasdan, koronavirus pnevmoniyasini davolash o‘rniga, ular bakterial pnevmoniyani davolashar ekan!

    Mening muolajam ‘kapelnitsa’ va ko‘p miqdordagi antibiotiklardan iborat edi. Va bunday davolash usuli meni yana ham boshi berk ko‘cha tomonga yetaklay boshladi – bunday muolajaning 5-kuniga kelib, o‘pka shishishi va zararlanishi 70 foizga yetdi!

    Faqatgina ‘kapelnitsa’ va antibiotiklarni bekor qilgan Immunologiya institutining yetakchi immunolog mutaxassisi jarayonga favqulodda qo‘shilishi va tuzatishlari sharofati bilan mening holatim bir maromga keldi. Doimiy qon analizlariga (SRB, D-dimer, LDG, interleykin, OAK, ferritin) asoslanib, kasallik kechishini o‘zgartirish va davolanishga muvaffaq bo‘ldik. Hozir holatim ancha yaxshi.

    Eng muhim jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman – koronavirus pnevmoniyasini davolash oddiy pnevmoniyani davolashdan tubdan farq qiladi, ‘kapelnitsa’ qo‘ymang! Antibiotiklar esa faqat yo‘riqnoma bilan qabul qilinishi kerak!” – deb yozadi bloger.

    Malik Karimov unga yordam bergan vrachlar – Aziza Xo‘jayeva, Dildora Sekler va Abdusalom Abdurahmonovning bilim va malakasini e’tirof etib, ular tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “Tez yordam” dasturini ko‘rib borishni tavsiya qilgan.

    Ma’lumot uchun, 19-iyuldan boshlab har kuni soat 18:00 da “Milliy TV” telekanalida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berib borishga ixtisoslashgan “Tez yordam” ko‘rsatuvi efirga uzatilmoqda. Ko‘rsatuvni ijtimoiy tarmoqlar orqali ham jonli efirda ko‘rish mumkin.

    Mavzuga doir:

    • “Ikki tabletka bilan ham tuzalib ketish mumkin”. Koronavirus yengil kechayotgan bemorlarga ko‘p dori tayinlash o‘rinsiz ekani ta’kidlandi
    • Koronavirus va O‘zbekistonda tarqalayotgan pnevmoniya o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lmasligi ham mumkinmi?
    Avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva COVID-19 bilan kasallanganlar bemorlar shifokorlar bilan maslahatlashmasdan osma ukol olayotgani ularning ahvolini yanada og‘irlashishiga sababchi bo‘layotganini ma’lum qilgandi.

    06.08.2020, 13:13   Izoh (0)   22543
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bog‘chalar faoliyatini qayta tiklash uchun tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma’lum qilindi

    06.08.2020, 12:50

    Shahrixonda 31-iyul kuni bir erkak va bir ayol bedarak yo‘qolgan edi. Ularning jasadi besh kun o‘tib kanalga ag‘darilgan “Moskvich”dan topildi

    06.08.2020, 12:28

    Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori: “Hozir oltin valyuta zaxirasini sotish va mablag‘lardan foydalanish kerak”

    06.08.2020, 12:11

    Hayitlik puli olmagan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishchilari Prezidentga murojaat qildi. Zavod rahbariyati bunga munosabat bildirdi

    06.08.2020, 11:42

    Samaradan 1000 ga yaqin o‘zbekistonlik poyezd orqali uylariga qaytariladi

    06.08.2020, 11:11

    Xorijdagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

    06.08.2020, 10:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda kuchli sel sabab 46 kishi halok bo‘lib, 200 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 09:26

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    Dunyo | 15 avgust, 09:15

    Bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan jahon yulduzlari (foto)

    Shou-biznes | 15 avgust, 09:00

    Kazemiro joriy mavsum APLda qaysi jamoa chempion bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi

    Sport | 15 avgust, 08:59

    Turkiya Suriyaga qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib beradi

    Dunyo | 15 avgust, 08:55

    O‘zbekistonda elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti bo‘yicha ortiqcha undirilgan salkam 20 mlrd so‘m qaytarildi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 08:45

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.