Oson tayyorlanadigan ishtaha ochuvchi bu yegulik tushlik va kechki taom dasturxonini bezatadi.
Buning uchun bizga kerak bo‘ladi:
- 1 dona baqlajon
- 1-2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
- 1-2 dona sarimsoq piyoz
- 1-2 osh qoshiq mayonez
- 100 gr koreyscha sabzi
- ta’bga ko‘ra tuz
- Baqlajonni uzunasiga ingichka bo‘laklarga kesib oling. Ozgina tuz sepib, 10-15 daqiqaga qoldiring. Keyin yuvib, quriting.
- Tovadagi yog‘ni qizdirib, baqlajonlarning har ikki tomonini qizartirib qovuring.
- Sarimsoq piyozni qirg‘ichdan o‘tkazib, mayonez bilan aralashtiring.
- Qovurilgan baqlajonning har bo‘lagini yoyib, mayonez surting va ustiga sabzilarni qo‘yib, rulet kabi o‘rang.
Yoqimli ishtaha!
Izoh (0)