Daryo

Baqlajon va qiymadan tayyorlanadigan pishloq qaylali lazanya retsepti

Taomni ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga torting

1 daqiqa o‘qish26 562 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Mazkur taom mazali va tez hazm bo‘lishi bilan taomnomangizdan joy olishiga shubha yo‘q.

Foto: Lifehacker
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • baqlajon — 2 dona;
  • ta’bga ko‘ra tuz;
  • mol go‘sht qiymasi — 900 gr;
  • o‘simlik yog‘i — 2-3 osh qoshiq;
  • pomidordan ezib tayyorlangan tomat — 800 gr;
  • suv — 120 ml;
  • ta’bga ko‘ra quritilgan sarimsoqpiyoz;
  • tuxum — 2 dona;
  • pishloq (motsarella) — 200 gr.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Baqlajonlarni 6 sm qalinlikda dumaloq shaklda kesib oling, tuzlang.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada qiymani tillarang tusga kirgunicha qovurib oling.
  • Pomidor tomati, sarimsoq, tuz, suv qo‘shing, 8-10 daqiqa davomida pishiring.
  • 200 daraja qizigan pechda baqlajonlarni 20 daqiqaga qo‘ying.
  • Pechga qo‘yib pishirishga mo‘ljallangan chuqurroq idishga baqlajonlarni tering, ustidan tuxum chaqing.
  • Qiymali aralashmani soling va ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
  • Idish ustini zarli qandolat qog‘oziga o‘rang va 180 daraja qizigan pechga 30 daqiqaga qo‘ying.
  • 15 daqiqadan keyin zarli qog‘ozni olib tashlang.
  • Taomni ko‘katlar bilan bezab, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar