Daryo

Kechki ovqatga baqlajondan yaxna taom tayyorlaymiz

Ruletlarni rayhon barglari bilan bezang

1 daqiqa o‘qish47 066 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Yeda.ru”

Yoz kunlarida sabzavotlardan tayyorlangan yaxna taom ayni muddao.

Foto: “Yeda.ru”
Quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • Baqlajon — 3 dona
  • O‘simlik yog‘i — 3 osh qoshiq
  • Pomidor — 3 dona
  • Piyoz — 1 dona
  • Sarimsoq piyoz — 1 dona
  • Tomat pastasi — 3 osh qoshiq
  • Maydalangan non talqonlari — 5 osh qoshiq
  • Pishloq (motsarella tavsiya qilinadi) — 150 gr
  • Rayhon
  • Tuz, murch — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanish jarayoni:
  • 15 daqiqaga 180 daraja qizigan pechga qo‘ying.
  • Baqlajonni uzunasiga, ingichka qilib to‘g‘rang (1 donasini “nachinka” uchun ishlatiladi)
  • Pomidorni mayda qilib to‘g‘rang.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada mayda to‘g‘ralgan piyozni 5 daqiqa atrofida qovuring.
  • “Nachinka” uchun olib qo‘yilgan baqlajonni mayda qilib to‘g‘rang va piyozga qo‘shing, sarimsoq solib aralashtiring.
  • Pomidor, rayhon va tomat pastasi qo‘shib yana 5 daqiqa davomida qovuring.
  • Tuzlang, murch seping.
  • Pishloqni qirg‘ichdan chiqaring va pechda pishgan baqlajon ustiga seping (1 qismini ustidan sepish uchun olib qo‘ying)
  • Pishloq ustidan tovada pishgan “nachinka” solib chiqing.
  • Rulet qilib o‘rang.
  • O‘simlik yog‘i surtib, non talqoniga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni aralashtirib sepib chiqing.
  • Yana 20 daqiqaga, 180 daraja qizigan pechga qo‘ying.
  • Ruletlarni rayhon barglari bilan bezang.
  • Tayyor bo‘lgan baqlajonlarni sovitib, muzlatkichga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar