Angliya Premyer Ligasi oyning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Vest Hem” yarim himoyachisi Mikail Antonio o‘tgan oyning eng yaxshi o‘yinchisi maqomini qo‘lga kiritdi. Iyul oyida futbolchi jamoasining yettita o‘yinida qatnashib, 8 gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.
Mazkur sovrin uchun shuningdek quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi:
Olivye Jiru (“Chelsi”) — 7 o‘yin, 5 gol;
Antoni Marsyal (“Manchester Yunayted”) — 6 o‘yin, 3 gol, 3 assist;
Nik Poup (“Byornli”) — 6 o‘yin, 2 quruq o‘yin;
Kristian Pulishich (“Chelsi”) — 7 o‘yin, 2 gol, 2 assist;
Rahim Sterling (“Manchester Siti”) — 7 o‘yin, 8 gol;
Harri Keyn (“Tottenhem”) — 7 o‘yin, 6 gol.
Shuningdek, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening “Norvich”da qarshi kechgan o‘yinda kiritgan to‘pi oyning eng yaxshi goli deb topildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)