Angliya Premyer Ligasi iyul oyining eng yaxshi murabbiyi nomini ma’lum qildi.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Sauthempton” bosh murabbiyi Ralf Hazenhyuttl oyning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etildi. Uning qo‘l ostidagi jamoa iyul oyida olti o‘yin o‘tkazib, uch g‘alaba va uchta durang qayd etdi. E’tiborlisi “Sauthempton” o‘tgan oyda “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan (1:0) va “Manchester Yunayted”dan ochko tortib olgandi (2:2).
52 yoshli mutaxassis ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan ilk avstriyalik murabbiyga aylandi.
Mazkur sovrin uchun shuningdek, Pep Gvardiola (“Manchester Siti”), Ole-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”), Joze Mourinyo (“Tottenhem”) va Devid Moyes (“Vest Hem”) kabi mutaxassislar kurash olib borgandi.
A fine finish to the season!@SouthamptonFC's Ralph Hasenhuttl is the @BarclaysFooty Manager of the Month for July 👏👏#PLAwards pic.twitter.com/aIOGDkgHUv
— Premier League (@premierleague) August 5, 2020
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)