O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov yarim himoyachi Oston O‘runovning “Spartak” klubiga o‘tgani borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘runov bilan uning “Spartak”ka o‘tishi masalasida suhbatlashmadik. Uning o‘z agentlari bor. O‘zbekistonlik terma jamoasi o‘yinchisi “Spartak” kabi buyuk klubga o‘tgani men uchun yoqimli holat. Umid qilamanki, bu unga va terma jamoaga foyda olib keladi. O‘ylashimcha, u “Spartak”da munosib harakat qiladi va bu o‘zbek futbolchilari uchun ham yoqimli bo‘ladi. U “qizil-oqlar” safidagi ilk o‘zbekistonlik futbolchi emas. Umid qilamizki, u o‘zbekistonlik futbolchilarning “Spartak”dagi muvaffaqiyatli an’anasini davom ettiradi.
Shubhasiz, uning “Spartak”ka o‘tganini qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, Oston muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmasligi varianti ham bor. Biroq unda iqtidor bor va u yangi jamoasida o‘sishga erisha olsa hammasi yaxshi bo‘ladi. Har bir mamlakatning o‘z plyus va minus tomonlari bor. Bu vaziyatda hech qanday qiyin joyi yo‘q. Agar Oston yetarli o‘yin amaliyotga ega bo‘lolmasa, O‘zbekiston terma jamoasida uning o‘rniga boshqa futbolchi o‘ynaydi.
Ostonning xarakteri haqida gapira olmayman, chunki u bilan yaqin tanish emasman. O‘yin borasidagi salohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u O‘zbekistonda yomon ko‘rinmayotgan va umid berayotgandi. Yaxshi dribling, yoshiga nisbatan jismoniy holatining barqarorligi — uning ustun jihatlari. Unga qarshi o‘yinlarda bu yigitga o‘yinni o‘ziga oladigan, aldab o‘tadigan va zarba yo‘llaydigan o‘yinchi sifatida qarar edik”, — deydi Abramov Rossiya nashlaridan biriga bergan intervyusida.
Mavzuga doir: “Otam “Spartak”da o‘ynashimni orzu qilardi”. Oston O‘runov yangi jamoasi haqida intervyu berdi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)