Bu ovqatni dunyoning ko‘plab restoranlari menyusidan topishingiz mumkin. Barcha mahsulotlarni o‘zida jamlagan bu ovqatning tarixi juda qiziq.
Afsonaga ko‘ra befstroganov retsepti XIX asrda fransuz oshpazi Stroganof tomonidan o‘ylab topilgan. Oshpaz qattiq bifshteks va qovurilgan mol go‘shti yeyolmaydi. Natijada mol go‘shtini qaymoq sousi bilan aralashtirganda go‘sht bo‘laklari juda yumshoq va suvli bo‘ladi. Qaymoqli befstroganov retsepti 1871-yilda Yelena Moloxovning mashhur ovqat kitobida paydo bo‘ladi.
Keling, endi retsept bilan tanishamiz.
Kerakli mahsulotlar:
- 800 gr mol (lahm) go‘shti
- 2 dona piyoz
- 100 gr sariyog‘
- bir chimdim tuz
- bir chimdim mayda qora qalampir
- 2 stakan mol go‘shti bulyoni
- 250 gr qaymoq (20%)
- 1 choy qoshiq tomat pastasi
- 2 osh qoshiq un
- 30 gr sariyog‘
- bir chimdim tuz
- bir chimdim mayda qora qalampir
- Go‘shtni yaxshilab yuving. Quritib, qobig‘ini tozalang. Tuz va murch sepib, “paket”ga o‘rab, muzlatgichda 2 soat yoki bir kecha qoldiring.
- Go‘shtni olib, 0,5 sm qalinlikda ingichka qilib kesib oling va ularni mayda “kubik”larga bo‘ling. Piyozni tozalab, yarim halqalarga bo‘ling.
- Sariyog‘ni yuqori olovda qizdirib, mol go‘shti va piyoznining bir qismini solib, oltin jigarrang bo‘lguncha qovuring va uni boshqa idishga soling.
- Idishni yana qizdirib, piyoz va go‘shtning qolgan qismini ham shu tarzda qovurasiz.
- Sous uchun sariyog‘ni qirg‘ichdan o‘tkazib, unni aralashtirasiz va 2 daqiqa qovurasiz. Bulyonni solib, silliq bo‘lguncha “venchik” bilan aralashtirasiz.
- Keyin qaymoq va tomat pastasini ham solasiz. Ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shib, past olovda qaynatasiz.
- Qovurilgan go‘shtni ham sousga solib, aralashtirasiz. Qaynash holatiga kelgach, go‘shtning sifatiga qarab, yana 5-15 daqiqa qaynatasiz.
Izoh (0)