Qayla solib pechda pishirilgan kotlet ta’mi og‘zingizda qolishi aniq.

Foto: Getty Images

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

Kotlet uchun:

  • Qiyma — 300 gr
  • Piyoz — 1 dona
  • Tuxum — 1 dona
  • Non talqoni
  • Murch, tuz — ta’bga ko‘ra
  • Kartoshka — 3 dona
  • Bulg‘ori qalampiri — 2 dona

Qaylasiga:

  • Tomat pastasi — 1 osh qoshiq
  • Pomidor — 2 dona
  • Suv — 2 stakan

Tayyorlanish jarayoni:

  • Birinchi bo‘lib kotlet tayyorlab olamiz.
  • Qiymaga piyoz, sarimsoq piyoz, tuxum, non talqoni, tuz va murch qo‘shing.
  • Tovada qizigan o‘simlik yog‘ida kotletni qovurib oling.
  • Kartoshkani kotlet kattaligida kesib, uni ham qovurib oling.
  • Bulg‘or qalampirini kesib, kotlet va kartoshkaga qo‘shib aralashtiring.
  • Qayla uchun, pomidorga tomat qo‘shib qovuring, tuz seping va suv soling.
  • Kotlet ustiga qaylani quyib, 200 daraja qizigan pechga 35-40 daqiqaga qo‘ying.

Taom tayyor yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.