• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    “Oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi. Bugun bosh sovrin egasi aniq bo‘ladi (Prevyu)

    O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bugun, 3-may sanasida Osiyo kubogi final uchrashuvida Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan ikki jamoa haqida batafsil to‘xtalamiz.

    Foto: Google Images

    Finalga yo‘l

    Yaponiya saralash bahslarida D guruhidan o‘rin oldi. Guruhda yaponlarga qarshi Falastin, Bahrayn va Pokiston Olimpiyachilari qarshilik qildi.

    Dastlabki uchrashuvda Pokistonni yirik hisobda (6:0) mag‘lub etgan Yaponiya ikkinchi uchrashuvda Falastin darvozasiga bir bora yo‘l topdi. Guruhning so‘nggi o‘yinida Yaponiya Bahrayn bilan nursiz durangga imzo chekib, 7 ochko bilan guruh yetakchisi sifatida Osiyo kubogi final bosqichiga yetib keldi. 

    Qatarda o‘tkazilayotgan musobaqada “samuraylar” B guruhidan joy oldi. Yaponiya birinchi turda Xitoyni kichik hisobda (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi turda BAA Olimpiyachilarini mag‘lub etgan yaponlar, so‘nggi turda Janubiy Koreya termasiga (0:1) mag‘lub bo‘lib, ikkinchi o‘rin bilan chorak final bahslariga yo‘l oldi. 

    Foto: Getty Images

    Chorak final bahsida Yaponiya Qatar bilan to‘qnashdi. Asosiy vaqtda durang (2:2) qayd etgan jamoalar qo‘shimcha daqiqalarga yo‘l oldi. Ekstra taymlarning birinchisida Hosoya hisobni 3:2 ko‘rinishga olib kelgan bo‘lsa, 113-daqiqadagi Uchinoning goli uchrashuv taqdirini hal qildi — 4:2.
    Yarim finalda yaponlar xuddi O‘zbekiston kabi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yaponiyaga mag‘lub bo‘lgan Iroq termasi musobaqada uchinchi o‘rinini egallab to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi. 

    To‘purarlar

    Guruh o‘yinlari, chorak va yarim finallarni qo‘shib hisoblaganda jamoa 9 bora raqiblar darvozasiga yo‘l topdi. Jamoaning faol a’zolari Hosoya hamda Kimura hisobida ikkitadan gol bor. Qolgan futbolchilar bir bora raqiblar darvozasiga yo‘l topgan. 

    Foto: Getty Images

    Natijalari

    Yaponiya Olimpiya terma jamoasi 2013-yildan beri o‘tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqalarning barchasida qatnashgan. Jamoa 2016-yil bo‘lib o‘tgan musobaqa finalida Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. 

    Bosh murabbiy fikri:

    Biz turnir davomida yetarlicha golli vaziyatlar yaratdik deb o‘ylaymiz. Ammo afsuski, gollar soni ko‘p emas. O‘ylaymanki, o‘yindan o‘yinga kuchaymoqdamiz va umid qilamanki, finalda gol urib g‘alaba qozonamiz.

    Finalga o‘tganimizdan xursandmiz va doimgidek bor e’tiborimizni o‘yinda g‘alaba qozonishga qaratganmiz. Bu so‘nggi o‘yinimiz va unga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz deb o‘ylayman. Albatta, ikki yil oldingi o‘yinni eslaymiz, ammo bu o‘yin boshqa o‘yin. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va O‘zbekiston terma jamoasini tahlil qildik.  O‘yinda g‘alaba qozonishga tayyormiz”, — deydi Yaponiya Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi. 

    Foto: Getty Images

    O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi bor musobaqaning final bosqichiga yetib keldi. Jamoa bir bora finalda g‘alaba qozongan va bir bora Toshkent mezbonlik qilgan musobaqada Saudiyaga mag‘lubiyatga uchragan edi. Agar O‘zbekiston Olimpiya termasi finalda g‘alaba qozonsa, bosh sovrinni ikki bor qo‘lga kiritgan birinchi jamoaga aylanadi. Xuddi shunday imkoniyat Yaponiyada ham bor. 

    Finalga yo‘l

    O‘zbekiston Olimpiya jamoasi Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi barcha uchrashuvda g‘alaba qozondi. Birinchi turda Afg‘oniston 8:1 hisobida taslim etildi. Ikkinchi turda O‘zbekiston Olimpiyachilari o‘z tarixidagi eng yirik g‘alabaga erishdi — 10:0. Eron bilan so‘nggi uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi. Abbosbek Fayzullayevning 47-daqiqada urgan goli terma jamoaning 9 ochko bilan guruh o‘yinlarini birinchi o‘rin bilan yakunlashiga zamin yaratdi.

    Qatardagi musobaqada D guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston olimpiyachilari birinchi tur o‘yinini Malayziyaga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda Jaloliddinov va Hoshimovlar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

    Ikkinchi turda O‘zbekiston Kuvayt ustidan yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yakuniy turda Vyetnam taslim etildi. Bu safar Odilovning dubli va Jiyanovning goli evaziga O‘zbekiston 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhni birinchi o‘rinda yakunladi. Chorak finalda Saudiya Arabistoni taslim etildi. Birinchi taymga qo‘shib berilgan vaqtda Norchayev chiroyli tarzda gol urib hisobni ochdi. Rahmonaliyevning 84-daqiqadagi goli uchrashuvning yakuniy hisobi 2:0 bo‘lishini taʼminladi.

    Foto: Getty Images

    Yarim final bosqichida musobaqaning debyutanti hisoblangan Indoneziya O‘zbekiston Olimpiyachilariga raqiblik qildi. Jamoaning ishonchli hujumchisiga aylanayotgan Husayn Norchayev 68-daqiqada hisobni ochdi. Ketma-ket hujumlardan so‘ng Arhan 86-daqiqada o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Shunday qilib jamoa o‘z tarixida uchinchi bor final bosqichiga yo‘l oldi.

    Eʼtiborlisi, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi hozirgacha o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi.

    To‘purarlar

    O‘zbekiston Olimpiadachilari guruh o‘yinlarida 10 bora, chorak va yarim final o‘yinlarida 4 bora raqiblarini ranjitdi. Husayn Norchayev o‘z hisobidagi gollar sonini uchtaga yetkazgan va musobaqa to‘purari  bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Odilov hisobida ikkita gol mavjud. Qolgan 8 golga 8 ta futbolchi mualliflik qildi. O‘zbekistonliklar hisobidagi bir gol raqiblar tomonidan kiritildi. 

    Foto: Getty Images

    Natijalar

    O‘zbekiston Olimpiya termasining eng yaxshi natijasi ham chempionlik hisoblanadi. Jamoa 2018-yilda Xitoyda o‘tkazilgan musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligida g‘oliblikni nishonlagan.

    Olimpiya jamoasi 2022-yilda Toshkentda o‘tkazilgan musobaqalarning finalida mag‘lubiyatga uchragan. 

    Bosh murabbiy fikri

    — Ertaga qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Bir biriga munosib ikki jamoaning o‘yiniga guvoh bo‘lamiz. 2 yil avvalgi Osiyo kubogida ular kabi biz ham yosh tarkib bilan harakat qilgan edik. Shuningdek, finalga yetib kelgani va Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgani bilan Yaponiya jamoasini qutlayman.  Ikkala jamoa bir-birini yaxshi biladi. Ularning o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. Final uchun tayyorlagan rejamiz bor va shunga asosan o‘yin ko‘rsatamiz.

    Foto: Getty Images

    Biz Olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimizdan juda ham xursandmiz. Zero, futbolimiz tarixida dastlabki Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdik. Bizgacha jamoalarimiz harakat qilgandi. Lekin qaysidir pallada ularga omad yetishmagan. Olimpiada litsenziyasi kuchimizga yanada kuch qo‘shmoqda. Ertangi finalda yanada yaxshi o‘ynashga harakat qilamiz.

    Agar legionerlarimiz finalda ham ishtirok etishganida, boshqacha bo‘lar edi. Lekin biz Qatarga 11 ta emas, 23 ta futbolchi bilan tashrif buyurganmiz. 3 nafar o‘yinchi ketgani bilan u qadar katta o‘zgarish bo‘lmaydi. Har bir o‘yinimiz ko‘rsatdiki, jamoada ularning o‘rnini to‘ldira oladigan yigitlar bor va ular buni bildirmaydi. Fursatdan foydalanib, mezbonlarga ajoyib tashkilotchilik va mehmondo‘stlik uchun jamoam nomidan minnatdorlik bildirib qolaman, — dedi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining bosh murabbiyi Temur Kapadze. 

    So‘nggi o‘yin natijalari

    O‘zbekiston — Yaponiya 2:0 (Osiyo kubogi musobaqasi, 22-iyun, 2022-yil)

    Yaponiya — O‘zbekiston 0:4 (Osiyo kubogi, 19-yanvar, 2018-yil)

    Yaponiya — O‘zbekiston 2:2 ( M-150 kubogi, 15-dekabr, 2017-yil)

    O‘zbekiston — Yaponiya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsi, bugun 3-may kuni “Jassim bin Hamad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi. 

    03.05.2024, 12:33   Izoh (0)   17899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi

    01.05.2024, 12:37

    Timur Kapadze va Jasurbek Jaloliddinov U-23 Osiyo Kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi

    02.05.2024, 15:37

    U-23 Osiyo Kubogi. Iroq Indoneziya ustidan irodali g‘alabaga erishib, Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 

    02.05.2024, 23:29

    Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” o‘zida “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 

    03.05.2024, 01:56

    APL. “Chelsi” derbida “Tottenhem”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 

    03.05.2024, 01:27

    Abduqodir Husanovga changyutkich sovg‘a qilindi 

    02.05.2024, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.