Daryo

Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 

Avvalroq Makron Yevropa uchun Rossiyaning mag‘lubiyati zarurligini taʼkidlab, Ukrainaga fransuz qo‘shinlarini yuborish ehtimolini istisno qilmagan edi

1 daqiqa o‘qish9 108 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga G‘arb quruqlikdagi qo‘shinlarini Rossiyani tiyib turish hamda mavzu bo‘yicha muhokamalarni jonlantirish vositasi sifatida yuborish imkoniyatini tasdiqladi. Bu haqda The Economist xabar berdi.

Foto: Reuters
Agar ruslar front chizig‘idan o‘tganida, Ukrainadan bu masala yuzasidan so‘rov bo‘lganida, biz qonuniy ravishda qo‘shin yuborish to‘g‘risida o‘ylashimiz mumkin edi, — dedi u.

Fransiya prezidenti, shuningdek, ittifoqchilarni bunday ssenariyni istisno qilmaslikka chaqirgan, chunki bu Yevropa Ittifoqi xavfsizligi va hokimiyati uchun “asosiy shart” bo‘lib xizmat qiladi. 

Makronning taʼkidlashicha, Fransiya Afrika davlatlari rahbarlari yordam so‘raganida allaqachon o‘z qo‘shinlarini yuborgan.

Avvalroq Makron Yevropa uchun Rossiyaning mag‘lubiyati zarurligini taʼkidlagan. U Ukrainaga fransuz qo‘shinlarini yuborishni istisno qilmagan edi. Keyinchalik u Rossiya armiyasiga qarshi quruqlikdagi operatsiya o‘tkazishni ham istisno etmagan.

Makronning so‘zlari Rossiyada ham, G‘arb davlatlarida ham tanqidlarga uchragan. Xususan, NATO rahbariyati Kiyevga qo‘shin yuborish rejasi yo‘qligini ma’lum qilgan. Politico’ga ko‘ra, Fransiya Ukrainaga potensial harbiy qo‘shin yuborishga tayyor davlatlar koalitsiyasini tuzmoqda. Mazkur tashabbus Litva, Latviya va Estoniya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat hududida xorijiy qo‘shinlar kerak emasligini aytgan.

Kreml Ukrainada G‘arb harbiylari paydo bo‘lgan taqdirda NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaro yuzaga kelishi mumkinligini aytgan. 

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar