• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sulton Tex Group rahbari Nurbek Ergashev qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevga ochiqchasiga gaplashib olishni taklif qildi

    Sulton Tex Group rahbari Nurbek Ergashev klaster faoliyatiga munosabat bildirib, paxtachilik klasteridan g‘alla hosildoriligi uchun so‘ralgan 5,6 milliard so‘m pul asosli ekanligini, bu qonunga zid emasligini isbotlashga uringan qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevga o‘rtadagi anglashilmovchilik yuzasidan matbuot anjumani tashkil qilib, jurnalistlar oldida ochiqchasiga gaplashib olishni taklif qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Sulton Tex Group korxonasi rahbari Nurbek Ergashev ma’lum qildi.

    Nurbek Ergashev

    Nurbek Ergashev
    Foto: “Daryo”

    “Tuman hokimligi va korxonamiz rahbarligidagi klaster mojarosiga ‘katta’lardan qishloq xo‘jaligi vaziri birinchilardan bo‘lib munosabat bildirdi. Bu yaxshi albatta, ammo vazirning paxtachilik klasteridan g‘alla uchun pul so‘ralganini qonuniy deyishi, to‘g‘risi, bizni hayratlantirdi, — deydi Nurbek Ergashev. — Vazirga vaziyat ochiqlanishi uchun matbuot anjumani tashkil qilib, klaster faoliyati haqida xulosa berib, to‘rtta kamchiligimiz haqida aytgan 16 kishidan iborat vakil chaqirtirishni, jurnalistlar oldida ochiqchasiga gaplashib olishni taklif qilyapmiz. Ammo vazirlik hozircha javob bermadi”.

    Qishloq xo‘jaligi vaziri klaster rahbariyatini fermerlar manfaatini oyoqosti qilishda ayblagandi. Nurbek Ergashev esa buni rad etib, “Respublikadan insofli, neytral ishchi guruh tuzib bering, dronlar yordamida suvli yerlarni tahlil qilib ko‘raylik. O‘shanda Qarshi tumanidagi yerlardan qanchalik samarali foydalanilayotganini yaqqol ko‘rish mumkin. Shunda yer kimlarning manfaati va cho‘ntagiga xizmat qilayotgani oydinlashadi”, — dedi.

    “Aynan qaysi holatda fermer manfaati buzilyapti ekan? Traktor olib kelish buyurildi — olib keldik. Fermerlar haqida arzon ishchi kuchi, mavjud resurs, debsiz. Biz yetishtirilgan paxtani tekinga yoki arzon bahoda olyapmizmi? Kechirasiz, endigina fermerning yelkasiga shamol tegib, kosasi oqara boshlagandi. Qo‘shib yozadigan ‘ximiya’dan, yoqilg‘idan urib qoladigan FYoTShdan, bajarilmagan agrotexnik tadbirlarni bajarildi, deb yozib qo‘yadigan MMTPdan qutilayotgandi. Qolaversa, ta’minotni vaqtida sifatli yetkazish tashkil qilinib, har bir fermer bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilayotgandi. Eng asosiysi, topshirgan hosili uchun pulini vaqtida, hech qanday to‘siqlarsiz, tamagirliksiz yil yakuni 31-dekabrgacha qo‘liga olishni boshlagandi”, — deydi klaster rahbari.

    “Fermer kreditni o‘zining hisob raqamiga tushirib, o‘zi ishlatsin debsiz. Juda to‘g‘ri fikringiz. Shunda fermerning mas’uliyati ortadi, har bir tiyinni o‘ylab sarflaydi. Lekin klaster hisob raqamidagi pulni g‘alla hosildorligi deb o‘zboshimchalik bilan sarflashga urinilganidek, fermer hisob raqamidagi pul olib qo‘yilmasligiga kafolat bormi?, — deydi Nurbek Ergashev. — O‘zining moddiy-texnika bazasi bo‘lgan fermerning yuqori hosil olib, foyda ko‘rishi biz uchun ayni muddao, buni olqishlaymiz. Lekin hamma fermerda ham bu imkoniyat yo‘q. Qo‘li kaltalik qiladi, ularning bu holatga tushib qolishiga ham shu — siz ishlab turgan tizim aybdor”.

    Nurbek Ergashevning ma’lumot berishicha, Beshkent paxta tozalash zavodini ham tortib olishga harakat boshlangan.

    “Beshkent paxta zavodi besh yil muddatda to‘lab berish sharti bilan sotildimi, shartnoma shartlari buzilgani yo‘qmi, vaqtida to‘lovlarni amalga oshirib boryapmizmi? Nega unda yig‘ilish bayonida paxta zavodini qaytarish ko‘rsatib o‘tilgan? Biz bu hududda yangi zavod qurdik, sifat-sertifikat laboratoriyasini barpo etyapmiz, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida ketma-ket loyihalarni rejalashtirib, barcha jarayonlarni qamragan kichik shaharcha qurilyapti. Zamonaviy paxta zavodi, urug‘chilik sexi, yog‘ zavodi, yigiruv, to‘quv, tikuv va hokazo. Bu butun boshli ishlab chiqarish zanjiri-ku. Prezident zanjirni tezroq ulang desalar, sizlar uzish bilan ovorasizlar”, — deydi klaster rahbari.

    Nurbek Ergashev

    Nurbek Ergashev
    Foto: “Daryo”

    Klaster rahbarining aytishicha, 2019-yilda ham paxtachilik klasteridan g‘alla uchun pul so‘ralgan va olingan. Oqibatda fermerlar klasterdan 7 milliard so‘m qarzdor bo‘lgan.

    “Sulton Tex Group 7 milliard so‘mdan ortiq qarzdorlikka ega, debsiz. Siz vazirsiz, gapingizni asoslab gapiring. Nima uchun mag‘zava ag‘daryapsiz? Shuni bilingki, fermerlarning Sulton Tex Group’dan 7 milliarddan ortiq qarzi bor. Har holda zo‘ravonlik bilan bizni qarzdormiz deyishga majbur qilmasangiz kerak. Ko‘chadagi mish-mishlarni asoslamay, OAVga tarqatish yaxshimas, vazir janoblari”, — deya vazirga e’tiroz bildiradi Nurbek Ergashev.

    Nurbek Ergashev vazirning fermerlar kooperatsiyasini tuzish to‘g‘risidagi gapini cho‘pchak, deb atadi.

    “Nima qilasiz ommani chalg‘itib, bir optimallashtiramiz deysiz, bir klaster, endi kooperatsiya, deysiz, tuturiq bormi o‘zi? Prezident qarori bilan klaster bilan qamrab olinmagan hududlarda kooperatsiya tashkil qilinsin, deyilgan. Holbuki, Qarshi tumanida klaster faoliyat yuritayotgan edi-ku?”, — deydi klaster rahbari.

    Klaster rahbari qonunga xilof harakatlar oqibatida korxona bugungi kunga qadar 10,7 milliard so‘m zarar ko‘rganini, 490 ta yaratilgan ish o‘rini bo‘sh qolganini aytmoqda.

    “Sulton Tex Groupning klaster faoliyatini to‘xtatdingiz, endi qurilgan paxta zavodi, yog‘ zavodi, yigiruv, to‘quv, tikuv fabrika, biolaboratoriya, sifat sertifikat laboratoriyasi, qishloq xo‘jalik texnika — agregatlari pulini kim to‘laydi? Mana shu qonunga xilof harakatlar oqibatida korxona bugungi kunga qadar 10,7 milliard so‘m zarar ko‘rdi, 490 ta yaratilgan ish o‘rinlari bo‘sh qoldi. Harakatlaringiz juda tahlikali, indamasa jinoyatchiga ham chiqarib qo‘yasiz. Chunki bankdan hisob raqam aylanmamiz bizni ogohlantirmasdan olib tekshirilmoqda. Nimaga erishishmoqchi? Yurtimizdagi hozirgi pandemiya sharoitidagi sinovli kunlarda mingga yaqin xodimlarimizning ishlari to‘xtab qolib, qiynalishlarini istashyaptimi? Ming nafar xodim degani ming oila, besh mingga yaqin insonlar hayoti, degani emasmi? Qanchalik qiyin bo‘lmasin, ishlab chiqarish hajmini, ish o‘rinlarini saqlab qolgan holda hali-hanuz oyiga bir million dollardan ziyod eksport qilyapmiz va yurtimizga valyuta olib kiryapmiz. Besh mingga yaqin insonlar pandemiya davrida hayot kechirishlari uchun yordam qo‘lini cho‘zishga oshiqyapmiz. Gaplarimizning barchasi asosli, kirib kelayotgan valyutalarni, tashkiliy ishlarimizni bank ham, hokimlik ham va boshqa mutasaddi tashkilotlar ham ko‘rib turishibdi. Kim ko‘ra olmayapti bularni?”, — deydi Nurbek Ergashev.

    Nurbek Ergashev suhbat so‘ngida qishloq xo‘jaligi vaziriga savol bilan yuzlanadi.

    “Klasterlik faoliyatimiz, paxta zavodi, yog‘ zavodi, tikuv fabrika zavodi, biolaboratoriya, sifat sertifikat laboratoriyasi, qishloq xo‘jalik texnika — agregatlari, barchasi Prezident qarorlari asosida tashkil etilgan. Shuncha ish Prezident qarori talabidan kelib chiqqan holda bajarilsa-da, hatto Adliya vazirligidan ham ro‘yxatdan o‘tmagan bosh vazir o‘rinbosari raisligidagi yig‘ilish bayoni asosida barchasi yo‘q qilinmoqda. Endi ayting-chi, Prezident qarori ustunmi yoki Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tmagan bosh vazir o‘rinbosari yig‘ilish bayonimi?”, — deydi klaster rahbari.

    Vazir Sulton Tex Group rahbarining matbuot anjumani tashkil qilib, ochiqchasiga gaplashib olish taklifiga nima deb javob qaytaradi?

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    Mavzuga doir: 

    • Qashqadaryoda Prezident ishonch bildirgan klasterni tugatish uchun fermerlar bo‘sh shartnomaga muhr bosib, imzo qo‘yishga majburlanmoqda
    • Qarshi tuman hokimi va o‘rinbosari sudda ikki xil ko‘rsatma berdi. Qay birining gapi rostligi ochiq qolmoqda
    • Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari sudda klaster faoliyati to‘xtatilishini klaster rahbarining selektorda qatnashmasligi, hokim telefoniga javob bermasligi bilan izohladi
    • Sulton Tex Group ishi bo‘yicha sud qarorini muhokama qilgan qarshilik deputatlar vaziyatga tayinli izoh berolmadi
    • “Klaster mulkini Qarshi tumanida qoldirish masalasi muhokama qilindi”. Hokim boshchiligidagi deputatlar tadbirkor mulkini tortib olishni ham maqsad qilganmidi?

    03.08.2020, 20:53   Izoh (0)   54561
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 4-avgust kuni havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi

    03.08.2020, 20:26

    O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami jo‘natdi

    03.08.2020, 19:52

    Ukrainadagi o‘zbekistonliklar Kiyev—Xarkov—Toshkent—Kiyev charter reysida olib kelinadi

    03.08.2020, 19:23

    “O‘zbekturizm” kompaniyasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Ne’mat Abdullayev vafot etdi

    03.08.2020, 18:39

    Iyul oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalarini qaytarib olish muddati 1-sentabrga qadar uzaytirildi

    03.08.2020, 18:24

    O‘zbekistonda pandemiya sharoitida dafn marosimini o‘tkazish qoidalari ma’lum qilindi

    03.08.2020, 17:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Erkak 8 yil davomida ko‘kragiga sanchilgan pichoq bilan yashaganini tibbiy ko‘rikdagina bilib qoldi (foto)

    Dunyo | 15 avgust, 10:27

    Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida ikki kishi firibgarlik bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:58

    Qozog‘iston aholi jon boshiga YIMda Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi

    Dunyo | 15 avgust, 09:56

    Konor Makgregor UFC ro‘yxatidan o‘chirilgani rad etildi

    Sport | 15 avgust, 09:55

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim oilalarga ichimlik suvi bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 09:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.