So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Qarshi tuman hokimi va o‘rinbosari sudda ikki xil ko‘rsatma berdi. Qay birining gapi rostligi ochiq qolmoqda

    26.05.2020, 15:06 63090

    Qashqadaryoda klaster rahbari va Qarshi tuman hokimligi o‘rtasidagi sud jarayoni 25-may kuni o‘z ishini davom ettirdi. Sudda qatnashgan tuman hokimi Maqsuda Mustafoyeva o‘tgan sud majlisida ishtirok etgan o‘rinbosari Akrom Aripovning klaster rahbaridan kombaynlar ta’miri uchun pul so‘ralgani haqidagi gapini rad etdi.

    Maqsuda Mustafoyeva

    Maqsuda Mustafoyeva
    Foto: “Daryo”

    Akrom Aripov joriy yil 20-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida sudya so‘roviga javoban tuman hokimi bilan birgalikda Sulton Tex Group klaster rahbari Nurbek Ergashevning yoniga borib, kombaynlar ta’miri va g‘alla hosildorligini yaxshilash uchun pul so‘ralganini ta’kidlagandi. Hokim Maqsuda Mustafoyeva esa klaster rahbaridan pul so‘ralmaganini aytdi.

    Sudya Maqsuda Mustafoyevaga o‘rinbosarining gapini eslatib, hokim va o‘rinbosari ikki xil ko‘rsatma berayotganini, qay birining gapi to‘g‘riligini so‘radi.

    “Unda men yo‘q edim. Bu masalani men hozir sizlardan eshitib turibman”, — dedi tuman hokimi.

    Qarshi tuman hokimi so‘ziga ko‘ra, tumandagi 560 nafar fermer joriy yil boshida klaster bilan tuzgan shartnomasi bekor bo‘lmasa-da, yangi tashkil etilayotgan kooperatsiya bilan ixtiyoriy tarzda shartnoma tuzgan. Shartnoma tuzmagan fermerlar 9 nafarni tashkil qiladi.

    Foto: “Daryo”

    Maqsuda Mustafoyevaning aytishicha, Xalq deputatlari tuman kengashining qarori bilan Sulton Tex Group faoliyati to‘xtatilgach, tuman hokimligi va fermerlar qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda qiyinchilikka uchragan.

    “O‘sha kunlarda Nurbek Ergashev davlat ishlarini shunchalik orqaga tortdiki, bu kishini topib bo‘lmay qoldi. Chunki o‘g‘it bu kishida, chigit bu kishida, texnika bu kishida. Traktorlarini ham topib bo‘lmay qoldi. Biz shunchalik azoblandikki, hatto eslariga ham kelmadik. Men davlatning ishiga xalal beryapman-ku, aholini och qoldiryapman-ku, degan gapni xayoliga ham keltirmadi. Biz shuning uchun kooperatsiya bilan kelishib, ishlarni bajardik. Klaster haydagan yerlarga haliyam kultivatsiya topolmayapmiz. Fermerlar klasterdan so‘rab borsa, hatto pulga ham texnikasini bermadi”, — dedi Maqsuda Mustafoyeva.

    Sudda so‘z olgan Biznes-ombudsman vakili Sheroz Shodiyev klaster o‘rniga tashkil etilgan kooperatsiya Xalq deputatlari tuman kengashi qarori bilan tashkil etilishi qonunga zid ekanligini bildirib, kengash raisi bo‘lgan hokimdan bu holatga izoh so‘radi.

    Hokim esa kengash qaroridagi “tashkil qilinsin” degan so‘z taklif ma’nosini bildirishini aytib, kooperatsiya tuzishga taklif berilganini bildirdi.

    Maqsuda Mustafoyevaning O‘ktam Barnoyevga yozgan xati

    Maqsuda Mustafoyevaning O‘ktam Barnoyevga yozgan xati
    Foto: “Daryo”

    Biznes-ombudsman vakili hokimdan sudda klaster rahbaridan kombaynlar ta’miri uchun pul so‘raganini rad etganini eslatib, O‘ktam Barnoyev hamda viloyat hokimi Zoir Mirzayevga yozgan xatida 5 milliard 636 million so‘m haqida so‘z borganini, xatda hokim sifatida klaster bu pulni to‘lamayotganidan shikoyat qilishining sababini so‘radi.

    Hokim esa pul so‘ralganini yana inkor qilib, buni o‘zidan yuqori turuvchi mansabdorlarga taklif sifatida yozganini aytdi.

    Sud 10 kunlik tanaffusdan so‘ng 5-iyun kuni o‘z ishini davom ettiradigan bo‘ldi.

    Mavzuga doir: 

    • Qarshida klaster kompaniyasi tuman hokimligi bilan sudlashmoqda
    • Qarshi tumani hokimi o‘rinbosari sudda klaster faoliyati to‘xtatilishini klaster rahbarining selektorda qatnashmasligi, hokim telefoniga javob bermasligi bilan izohladi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yo‘llardagi kameralar xavfsizlik kamaridan foydalanmagan haydovchilarni qayd etadi

    Bugun, 08:25

    YCHL. “Real” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Napoli”dan ustun keldi, “Manchester Yunayted” va “Arsenal”da mag‘lubiyat, “Bavariya”da qiyin g‘alaba (video)

    Bugun, 02:24

    Toshkentda Qatar amiri taʼsis etgan korrupsiyaga qarshi kurashda erishilgan yutuqlar uchun global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

    Kecha, 23:15

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    Kecha, 23:10

    Nepalda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Jarohatlanganlar bor (video)

    Kecha, 23:05

    Prezidentning xorijiy tashriflaridan asosiy maqsad nimalar ekani aytildi

    Kecha, 22:57

    OCHL. “Al-Fayha” “Paxtakor” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Kecha, 22:55

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola

    Kecha, 22:46

    Qozog‘istonda ko‘mir eksportiga qo‘yilgan taqiq uzaytirildi

    Kecha, 22:35

    Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidentlari hibsga olindi

    Kecha, 22:25

    Tavsiya etamiz

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    Tug‘ilgan kunida yonib ketgan yigit, Quddusdagi Yig‘i devori, bir daqiqalik sukut saqlayotgan ukrainaliklar — 2-oktyabr suratlari

    22:00 / 02.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Zangiotada uy hojatxonasidan yosh bolaning jasadi topildi

    18:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.